Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ivan Boshkovich: "Biz ushbu bahsga 15 kun tayyorgarlik ko‘rdik"

Ivan Boshkovich: "Biz ushbu bahsga 15 kun tayyorgarlik ko‘rdik"

Baho:
+ | -

Superliga 17-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Navbahor” (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Biz uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. Raqib chempionlik uchun kurashayotgan kuchli jamoa edi. 30-daqiqadan so‘ng o‘zgarishlarni amalga oshirib, namanganliklar ikkita hujumchi bilan harakat qilishdi. To‘pni ikkinchi qavatdagi kurashlarga ko‘chirli va muvozanatni tikladi. Biz pas orqali chiqib ketib, vaziyat yaratishga intildik. Sabr qildik va maqsadimizga erishdik.

Doriyev gol kiritganidan xursandman. Bu gol uning uchun muhim edi. U endi maydonda yanada ishonch bilan to‘p tepadi. Afsuski, ikkita sariq kartochka olib, maydonni tark etdi. Muhimi, natijaga erishdik. 4 kundan so‘ng yana bir uchrashuv bor. O‘sha bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Bugun stadionga ko‘plab muxlislar tashrif buyurdi. Keyingi uy uchrashuvimiz “Paxtakor”ga qarshi o‘tadi. Umid qilamanki, muxlislar yaxshi o‘yin va ijobiy natijalar guvohi bo‘lishadi.

Biz ushbu bellashuvga 15 kun tayyorgarlik ko‘rdik. Ular uzoq masofa bosib, OCHLda o‘ynashdi. Bu ham ta’sir o‘tkazdi. Ammo, o‘ylashimcha, biz g‘alabaga loyiq harakat qildik”, – dedi Boshkovich.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 04:44, 27.08.2023.
O'qildi: 1016 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик