Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya 1-0 Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya - Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya

«Tottenxem»da Angelos Postekoglu qaytadan kashf etgan to‘rt futbolchi

«Tottenxem»da Angelos Postekoglu qaytadan kashf etgan to‘rt futbolchi

Baho:
+ | -

Postekoglu «Tottenxem Xotspur» uchun juda ham foydali insonga aylandi. U jamoani qayta tuza boshladi. Eng asosiysi shundaki, «shporlar» yana eski, hujumkor uslubini tiklayapti. Quyida Postekoglu kelganidan keyin o‘zgargan to‘rt futbolchini bilib olasiz.

Iv Bissuma

Bissuma 25 million funt evaziga «Brayton»dan xarid qilinadi. Undan o‘tgan mavsumda katta narsalar umid qilingandi. Biroq, Antonio Konte qo‘l-ostida yarim himoyachi o‘zini ko‘rsatishga qiynaldi. Bir yil o‘tdi va Bissuma yangi mavsumni ajoyib boshladi. 26 yoshli futbolchi hozirga qadar o‘tkazilgan har uchchala turda to‘liq harakat qildi. Ko‘plab mutaxassislar ayni damda Bissumani 100 million funtlik futbolchiga aylanganini e’tirof etishmoqda.

Pap Matar Sarr

Yoz davomida Sarr uchun ko‘plab takliflar bildirilgan edi. Biroq, «Tottenxem» uni sotmadi. 20 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum davomida 2 marta asosiy tarkibda maydonga tushdi xolos. Senegal terma jamoasi a’zosini Postekoglu o‘zgartira oldi. Yarim himoyada hozirga qadar Sarr fantastik daraja namoyish etdi. Haqli ravishda u «Manchester Yunayted»ga qarshi bahsda eng yaxshi futbolchi deya topildi.

Kristian Romero

Romeroning Argentina terma jamoasi yoki «Atalanta» safidagi harakatlarini ko‘rgan odam, uning darajasiga shubha qila olmaydi. Markaziy himoyachi o‘tgan yilgi mundialda buni yana bir bor isbotlab qo‘ygandi. Ammo Konte davrida Romeroning xatolari va tartibsiz harakatlari ko‘payib ketgandi. Shunga qaramay, Postekoglu bu masalani hal etdi. U argentinalikdan muvaffaqiyatli ravishda foydalanib kelmoqda. Romero hozirga qadar gol urishga muvaffaq bo‘lgani ham fikrimizni isbotlaydi.

Pedro Porro

Ispaniyalik himoyachi shu yilning yanvarida olib kelingandi. Hamma undan ko‘p narsa umid qildi. Biroq, Porro APLga moslashish masalasida ancha qiynaldi. Bu narsa 2022/23 yilgi mavsumning oxirlarida yaqqol namoyon bo‘ldi. Yangi mavsumning ilk bahsida Postekoglu qanotda Emerson Royaldan foydalangandi. «MYU» va «Bornmut» ustidan g‘alabada esa Porro katta sahnaga chiqdi. U Reshfordni zararsizlantirishda ishonchli harakatlari bilan ajralib turdi. Aynan shunday o‘yin «Bornmut»ga qarshi ham ko‘rsatildi. Shunday ekan, Pedro Porroni keyingi turlarda ham asosiy tarkibda ko‘rsak kerak.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: caughtoffside.com
Kiritildi: 00:28, 28.08.2023.
O'qildi: 1872 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.