Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«MYU»ga qarshi bahs oldidan «Arsenal» muxlislari uchun yangiliklar ko‘p

«MYU»ga qarshi bahs oldidan «Arsenal» muxlislari uchun yangiliklar ko‘p

Baho:
+ | -

«Arsenal» futbolchilarining jarohati haqidagi yangiliklar OAVda paydo bo‘ldi. «Arsenal» o‘z e’tiborini shu hafta oxirida «Manchester Yunayted»ga qarshi bo‘ladigan yirik to‘qnashuvga qaratgan. «Kanonirlar» o‘tgan dam olish kunlaridan birida «Fulxem»ga qarshi o‘yinda 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Quyida Artetaning «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yin oldidan jarohatlangan futbolchilari haqidagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishamiz.

Eddi Nketia

Nketia zaxiradan maydonga tushib, «Arsenal»ni «Fulxem»ga qarshi o‘yinda hisobda oldinga olib chiqqandi. Keyin uning tizzasidan jarohat olgani haqida mish-mishlar tarqaldi.
Biroq, hujumchi o‘yinni yakunladi va keyinroq OAVga intervyu berdi. Uning ahvoli yomon emas.

Jarohat: tizzadan

Qaytish sanasi: «Manchester Yunayted»ga qarshi - 3 sentyabr

Gabi Jezus

Hujumchi mavsumdagi ilk o‘yinini «Fulxem»ga qarshi bahsda o‘tkazdi, u zaxiradan maydonga tushdi, biroq u bor-yo‘g‘i o‘n daqiqa o‘ynadi va jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kirita olmadi.

Jarohat: tizzadan

Qaytish sanasi: «Manchester Yunayted»ga qarshi - 3 sentyabr

Arteta shunday deydi: «Biz ko‘proq imkoniyat yarata olganimiz uchun Gabini asosiy tarkibda maydonga tushirish kerak emas deb o‘yladim. Oxirgi daqiqalarda unga imkon berishga qaror qildim. U faqat bir necha kunlik mashg‘ulotlarni o‘tkazgan xolos.

Takexiro Tomiyasu

Tomiyasu ikkinchi bo‘limda «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinda ikkita sariq kartochka uchun maydondan chetlatilgandi. Himoyachi bir o‘yinga diskvalifikasiya qilingandi, ya’ni u «Fulxem»ga qarshi bahsda maydonga tusha olmadi.

Qaytish sanasi: «Manchester Yunayted»ga qarshi - 3 sentyabr

Yurriyen Timber

Gollandiyalik himoyachi «Nottingem Forest»ga qarshi o‘yindagi debyutida shafqatsizlarcha jarohat oldi. U mavsumning ko‘p qismini o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.

Jarohat: tizzadan

Qaytish sanasi: 2024 yil

Arteta shunday deydi: «Katta zarba bo‘ldi. Ayniqsa, klubga endigina qo‘shilganidan keyin u uchun og‘ir kunlar bo‘lishi shubhasiz. Jarohat olish - bu juda katta zarba. Biz uni aniq rjalar ostida olganmiz va kutamiz, endi u ketmaydi. Biz vaziyatga moslashishimiz kerak. Afsuski, bu narsalar sodir bo‘ldi, biroq davom etishimiz kerak».

Muhammad Elneni

Yarim himoyachi yanvar oyida tizzasidan jiddiy jarohat olib, o‘tgan mavsumning qolgan qismiga safdan chiqqandi. Uning tuzalishi haqida kam xabarlar bor edi va ehtimoliy qaytish sanasi hozircha noma’lum.

Kiritildi: 10:21, 29.08.2023.
O'qildi: 5060 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.