Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Liga 1 murabbiylar kompaniyasi

Liga 1 murabbiylar kompaniyasi

Baho:
+ | -

Gazetamizning avvalgi seshanba sonlarida Yevropa milliy chempionatlari yangi mavsumi starti bahona APL, La Liga va «A» seriya klublari bosh murabbiylari haqida yaxlit ma’lumot taqdim etgandik sports.ru saytining qulay tasvirlari yordamida. Bugun shu mavzu davomi o‘laroq, Liga 1 murabbiylari guruhiga nazar solamiz. Xo‘sh,  Fransiya chempionati qaysi bosh murabbiylar bilan e’tiborga molik?

LIGA 1 (Fransiya)

Yulduzlar guruhi qanday?

«PSJ»da hamon butunlay tartibsizlik hukmron. Lionel Messi va Serxio Ramos ketdi, Neymar ham ketdi, Kilian Mbappe ketolmay, armonda. Kristof Galtye esa irqchilik masalasida muammolarga g‘arq bo‘ldi. Bunga Parijda kuzatilgan namo­yishlarni qo‘shsak, «PSJ»ning mavsum-2023/2024ga to‘liq tayyor emasligi oydinlashadi. Lekin ijobiy yangiliklar ham bor - Luis Enrike bosh murabbiy rolida. Ispaniyalik mutaxassis Fransiya chempionatiga nisbatan qiziqishni ozmi-ko‘p oshiradi, baribir. Qolaversa, Loran Blan va Paulo Fonseka bor, yana Patrik Viyeyra ham.

Yangi shartnomalar. Liga 1 yangi mavsumga naq 6 nafar yangi mutaxassis bilan kirishdi. Bu juda ko‘p, albatta. Luis Enrike «PSJ»da, Patrik Viyeyra «Strasbur»da, Marselino «Marsel»da. Marselino va «Marsel - qarang, qanday go‘zal. Faqat bitta savol bor - qancha vaqtga? «Nissa» rahbariyati esa Turkiya qir­g‘oqlaridan kelgan 34 yoshli Franchesko Farioliga ishonch bildirdi. «Tuluza» Filipp Montanyening sobiq assistenti Karles Martinezni bosh murabbiy roliga munosib ko‘rgan bo‘lsa, «Monako»da o‘tgan mavsum Menxengladbax «Borussiya»sini boshqargan Adi Xyutter ish boshladi.

Kimlarni alohida kuzatish kerak? Paulo Fonsekaning «Lill» va Loran Blanning «Lion»dagi faoliyatini ko‘rish qiziqarli, albatta. Har ikkisi «PSJ»ning kuchsizlanganidan foydalanib, chempionlikka da’vo ochishi mumkin. Yana yosh Franchesko Farioli «Nissa»da nima qilishini alohida ko‘rish kerak. Ehtimol, yana bir sehrli loyiha yuzaga qalqib chiqar... Luis Enrike esa yangilanayotgan «PSJ»da muvozanatni topish uchun ancha bosh qotirishi zarur. Umuman olganda, Liga 1 kengliklarida joriy mavsum ko‘rishga arziydigan ishlar yetarli.

Kim birinchi bo‘lib iste’foga chiqishi mumkin? Yum-shoq aytganda, Patrik Viyeyra murabbiylik faoliyati uchun yana bir marta murakkab variantni tanladi. Har holda, «Strasbur»ni bilib bo‘lmaydi va bu klub fransiyalik mutaxassisning sohadagi yurishini batamom cheklab qo‘yishi hech gap emas. Shuningdek, Karles Matrinezning «Tuluza»da og‘ir sinov kutayotgani aniq. Bu klub yevrokuboklarda ham o‘ynashini unutmaslik kerak. Qisqasi, ichki va tash­qi yurish yosh murabbiyga ham, klubning o‘ziga ham qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.

Yana nima? «Reyms» murabbiyi Uill Still atigi 30 yoshda. «Mes» aksincha, 70 yoshli Laslo Boloni boshqaruvida. Qarang, ikkisining yoshi o‘rtasida 40 yillik farq bor. Shu ma’noda «Reyms» va «Mes» qarama-qarshiligini tomosha qilish qiziq. Umuman, Fransiyada nafaqat ko‘chalar beqaror, balki murabbiylar kursisi ham mustahkam emas. Deylik, Liga 1da murabbiylarga bog‘liq ishlash davomiyligi bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 1 yildan ham past.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:08, 30.08.2023.
O'qildi: 916 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик