Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

"Navbahor" legioneri: "Bo‘lajak bahsning keskin kurashlar ostida kechishi ehtimoli yuqori"

"Navbahor" legioneri: "Bo‘lajak bahsning keskin kurashlar ostida kechishi ehtimoli yuqori"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 18-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – OKMK jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning serbiyalik 31 yoshli tajribali himoyachisi Filip Ivanovich bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bo‘lajak bahs keskin kurashlar ostida o‘tadi, degan umiddaman. Boisi, har ikki jamoa Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) “pley-off” bahslarini bir kunda o‘tkazib, o‘sha o‘yinlarda zafar quchib, mazkur nufuzli musobaqaning guruh bahslariga birgalikda yo‘l oldi.

Shuningdek, mazkur klublar joriy mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan. Xabaringiz bor ,o‘tgan turda Jizzaxda alamli tarzda mag‘lubiyatga uchradik. Olmaliqliklar ham o‘z maydonlarida “Neftchi” bilan durang o‘ynab, ochko yo‘qotishdi. Shu bois, bo‘lajak bellashuvning ahamiyati har ikki jamoa uchun katta.

Ta’kidlaganimdek, o‘tgan turda muxlislarni ranjitib qo‘ygandik. OKMKga qarshi kechadigan bahsda maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushib, zafar quchib, ishqibozlarga quvonch ulashamiz, degan umiddaman.

Bo‘lajak o‘yindagi g‘alaba jamoamizning sovrinli o‘rinlar uchun kurash yo‘lidagi imkoniyatini oshiradi. Umuman olganda, bo‘lajak bahsning keskin kurashlar ostida, shiddatli, tomoshabop va qiziqarli tarzda kechishi ehtimoli yuqori.

Muxlislarimizning stadiondan uylariga yaxshi kayfiyatda qaytishlarini ta’minlash uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. “Navbahor” joriy mavsumda o‘zi qatnashadigan barcha musobaqalarda zafar quchishni maqsad qilgan.

Buni amalga oshirish uchun esa biz – futbolchilar qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz." - dedi Ivanovich.

Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати
Kiritildi: 14:08, 30.08.2023.
O'qildi: 1039 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.