Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 00:00 Portugaliya 0-0 Fransiya
06/07 06:00 Venesuela 1-1 Kanada
06/07 21:00 Angliya 1-1 Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya 2-1 Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya 5-0 Panama
07/07 06:00 Urugvay - Braziliya

Kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Baho:
+ | -

31 avgustning eng muhim transfer yangiliklari bilan tanishing

Bredli Barkola "PSJ"ga o‘tdi

"PSJ" "Lion" vingeri Bredli Barkola bilan shartnoma imzoladi. Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, parijliklar klubi 20 yoshli fransiyalik futbolchi uchun 5 million yevro bonusdan tashqari 45 million yevro to‘laydi. Ta’kidlanishicha, Barkolani sotib olishning asosiy tashabbuskori "PSJ" futbol maslahatchisi Luish Kampush bo‘lgan. Oldinroq Romano "Lion"ning Parij klubi futbolchilarini shartnomaga qo‘shish talabi haqida yozgan edi, ammo, aftidan, bu shart bekor qilingan. O‘tgan mavsumda vinger "Lion" safida barcha turnirlar doirasida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Dortmundning “Borussiya” klubi Germaniya terma jamoasi hujumchisi bilan shartnoma imzoladi

Germaniyalik hujumchi Niklas Fyullkrug "Verder"dan Dortmundning "Borussiya"siga o‘tdi. Bu futbolchi 2022 yilgi jahon chempionatidan so‘ng ko‘p gapirildi va u kutilmaganda nemislarning asosiy hujum kuchiga aylandi, Ispaniya va Kosta-Rika darvozasiga gol urdi. "Bavariya" ham Fyullkrugga qiziqish bildirilayotgani haqida xabarlar bor edi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, shartnoma 13 million yevroni tashkil etgan. Niklas "Verder" safida 142ta o‘yin o‘tkazib, 49ta gol va 16ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Chempionlar ligasi finalchisi yarim himoyachi olishga tayyorlanmoqda

Yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida "Inter" o‘tgan mavsumda "Napoli" bilan Italiya chempioniga aylangan yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Gap "Tottenxem"ga tegishli Tanguy Ndombele haqida ketmoqda. Jurnalist Janluka Di Marsio xabariga ko‘ra, Milan klubi London klubidan mumkin bo‘lgan kelishuv shartlari bo‘yicha tafsilotlarni so‘ragan va N'Dombeleni sotib olishga tayyor. "Napoli" bu yozda fransuzni sotib olmadi va yarim himoyachining o‘zi "Jenoa" bilan variantni rad etdi, chunki u Chempionlar ligasida o‘ynashni xohlaydi. "Tottenxem" Tanguyni 62 million yevroga sotib olgandi, ammo N'Dombele hozir o‘sha narxning yarmiga baholanmoqda.

Top-klubning yana bir futbolchisi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketadi

Saudiya Arabistoni Yevropaning top-klublaridan o‘yinchilarni olishda davom etmoqda. "Atletiko" yarim himoyachisi Yannik Ferreyra Karrasko "Ash-SHabob"ga o‘tishga yaqin turibdi. 29 yoshli belgiyalik futbolchi allaqachon saudiyaliklar bilan kelishuvga erishib bo‘lgan va "Ash-SHabob"ga o‘tishni istamoqda, dedi Romano ijtimoiy tarmoqda. Biroq kelishuv hali yopilgani yo‘q, chunki “Atletiko” Karrasko uchun “katta summa” talab qilmoqda. Agar taklif yaxshilanmasa, Madrid klubi bu transfer oynasida Yannikni qo‘yib yubormaydi. Ispanlar uchun masalani 1-sentyabrdan kechiktirmasdan yopish muhim.

"Real Madrid" himoyachisi esa Saudiya Arabistoniga o‘tishdan bosh tortdi

Ayni vaqtda “Real” va Avstriya terma jamoasi markaziy himoyachisi David Alaba Saudiya Arabistoni taklifini rad etgani ma’lum bo‘ldi. Diario OK xabariga ko‘ra, 31 yoshli futbolchiga Saudiya ligasi klublari murojaat qilishgan va unga yiliga 25 million yevrolik shartnoma taklif qilishgan. Shunga qaramay, Alaba Madridni tark etishdan bosh tortdi. David "qaymoqranglilar"da o‘ynashda davom etadi, uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2026 yilning iyunigacha amal qiladi.

17 yoshli braziliyalik uchun "Chelsi" da’vogarlik qilmoqda

“Korintians”ning yarim himoyachisi 17 yoshli Gabriel Moskardo "Chelsi"ga o‘tishga yaqin turibdi. Insayder Romano xabariga ko‘ra, londonliklar yarim himoyachining transferi bo‘yicha rasmiy taklif yuborishgan. Manbaga ko‘ra, "Chelsi" hech qanday bonussiz yoki qayta sotish bandisiz 21 million yevro miqdorida qat’iy narx taklif qilgan. Shu bilan birga, britaniyaliklar Moskardoni 2024 yilning iyunigacha "Korintians"da ijara asosida qoldirishni rejalashtirmoqda. Biroq Braziliya klubi Gabriel uchun ko‘proq pul talab qilmoqda, shuning uchun muzokaralar davom etmoqda.

"Manchester Yunayted" darvozabonini sotdi

"Manchester Yunayted" darvozaboni transferini e’lon qildi. Mankunianliklar o‘z darvozaboni Din Xendersonni "Kristal Pelas"ga sotib yubordi. Shartnoma 17,5 million yevroni tashkil etdi va 26 yoshli darvozabonning o‘zi 2028 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Xenderson “Manchester Yunayted”dagi faoliyati davomida 29 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol o‘tkazib yuborgan va 13 ta o‘iynda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. U o‘tgan mavsumda "Nottingem Forest"da ijara asosida o‘ynadi.

Kiritildi: 10:14, 01.09.2023.
O'qildi: 5234 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.