Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Siti» - eng kuchli futbol brendi!

«Siti» - eng kuchli futbol brendi!

Baho:
+ | -

Jahon futbol brendlari orasida «Manchester Siti» oldinda. APL chempioni La Liga grandlari - «Madrid» va «Barselona»dan ham ustun.

Umuman, eng kuchli 10ta futbol brendi ro‘yxatida APLdan 6ta klub bor. Uzoq 1872 yili Angliya kubogi turniri ilk marta o‘tkazilgan vaqt futbolchilar maosh olishmagan, klublar hududiy assosiasiyalarga qaragan. Qisqasi, futbol brendi tushunchasi bo‘lmagan ham. Mana, oradan bir yarim asr o‘tgach, Angliyaning ko‘plab klublari jahon miqyosidagi mashhurlik bo‘yicha Apple va Coca-Cola kabi eng sara brendlar bilan teng ko‘rilmoqda. Chunonchi, endilikda APL jamoalari yer yuzi aholisining turli qatlamlari orasida mislsiz shuhratga burgandi, ayniqsa, grandlar atrofida sodoqatli muxlislarning katta armiyasi shakllanib ulgurdi.

Tabiiyki, mash-hurlik ulkan moliyaviy qiymatga ham ega. Brendlarni baholash va ularning strategiyasi bilan shug‘ullanuvchi Brand Finance kompaniya­si yaqinda dunyoning eng qimmatbaho futbol guruhlari ro‘yxatini yangiladi. Unga ko‘ra, «Manchester Siti» jahon futbolidagi eng kuchli brend maqomini oldi. Oddiy ayt­ganda, APL chempioni bu borada «Madrid»ning naq 4 yilga cho‘zilgan yetakchiligini buzdi. Tahlilda qayd etilishicha, «Siti»ning umumiy bahosi yil davomida 13 foiz oshdi va 1,51 milliard yevroga yetdi. «Qirollik klubi» aksincha, 4 foiz arzonlashdi va endi uning qiymati 1,46 milliard yevroni tashkil qilmoqda. 

Brand Finance brendlar qiymatini hisoblashdan tash­qari, marketing investisiyalari, manfaatdor tomonlar kapitali va biznes samaradorligini baholaydigan muvozanatli ko‘rsatkichlar tizimidan foydalangan holda, ularning nisbiy kuchini ham o‘lchaydi. Standart (ISO 20671) mezonga muvofiq, hisob-kitobda Yevropa, Braziliya, Xitoy va AQSHdagi 10000dan ortiq muxlis o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov va original marketing tadqiqotlari ma’lumotlaridan ham foydalaniladi. Brend kuchi klubning muxlislar, futbolchilar, sarmoyadorlar va homiylar bilan aloqasi, yuqori darajadagi daromadidan kelib chiqadi. Bu deylik, homiylik uchun tijorat qiymatini belgilaydi.

Yevropaning eng kuchli 10ta futbol brendi ro‘yxatiga APLdan 6ta klub («Manchester Siti», «MYU», «Liverpul», «Chelsi», «Arsenal» va «Tottenxem») kirdi. Qolgan 4ta brenddan ikkisi La Liga vakili («Barselona» va «Real»), shuningdek, Bundesligadan «Bavariya» hamda Liga 1dan «PSJ» bor. «A» seriyaning eng ilg‘or brendi - «Yuventus» esa atigi 11-qatorda.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:19, 07.09.2023.
O'qildi: 3897 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.