Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

"Neftchi" Vitaliy Levchenko bilan yangi shartnoma imzoladi

"Neftchi" Vitaliy Levchenko bilan yangi shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Tajribali murabbiy Vitaliy Levchenko 2022 yil iyul oyida "Neftchi" futbol klubiga bosh murabbiy bo‘lib kelganda jamoa Superliganing oxirgi o‘rinlaridan birida borar edi. Yangi mutaxassis ahvolni o‘nglash uchun astoydil ishga kirishib, jamoaning taniqli klublar ustidan g‘alaba qozonishini ta’minladi. Natijada farg‘onaliklar turnir jadvalining to‘qqizinchi pog‘onasiga ko‘tarilib olishdi.

Vitaliy Grigoryevich boshchiligidagi jamoa 2023 yil mavsumini puxta reja, aniq maqsad bilan boshladi. Dastlabki uchrashuvlarni g‘alaba bilan yakunlab mavsum o‘rtalarigacha turnir peshqadami bo‘lib keldi. Jamoalar o‘rtasidagi g‘oliblik uchun kurash kuchayib ketgan taqdirda ham farg‘onaliklar peshqadamlar safida mustahkam o‘rnashib oldilar. Hozirgacha Superliga musobaqasida mag‘lubiyatga uchramay kelayotgan "Neftchi" bundan buyon ham g‘oliblar safida bo‘lish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Jamoa tarkibidagi ayrim o‘zgarishlarga qaramay "Neftchi" eng ishonchli jamoa sifatida muxlislar ruhini shod etib bormoqda. Bunday g‘olibona va ishonchli holatni vujudga keltirishda bosh murabbiyning tajribasi, mahorati va mas’uliyati kuchli ekanligi poydevor bo‘lmoqda. Ana shular hisobga olinib, klub rahbariyati Vitaliy Levchenko bilan bosh murabbiy sifatidagi shartnomani 2026 yilgacha uzaytirishga qaror qildi.

Kiritildi: 22:58, 08.09.2023.
O'qildi: 1523 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик