Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi. O‘zbekiston Gongkong darvozasiga 10 ta gol urdi

U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi. O‘zbekiston Gongkong darvozasiga 10 ta gol urdi

Baho:
+ | -

U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston OTJ 9 sentyabr, shanba kuni Gongkongga qarshi bahs olib bordi.

 Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq hisob ochildi. Husayn Norchayev raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 25-daqiqada Abbosbek Fayzullayev o‘zbekistonliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Alisher Odilov penaltidan unumli foydalanib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo‘lim ham Timur Kapadze shogirdlari ustunligida o‘tdi. 57-daqiqada Umarali Rahmonaliyev Fayzullayev ishlagan penaltini aniq amalga oshirgan bo‘lsa, ikki daqiqa o‘tib, Norchayev dublni rasmiylashtirdi. 68-daqiqada Husayn yana bir bor o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 74-daqiqada Man Yip Cheuk o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi va hisobni 7:0 ko‘rinishiga kelishiga sababchi bo‘ldi. So‘nggi daqiqalarda esa Ulug‘bek Hoshimov het-trik qayd etib, uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi raqibini 10:0 hisobida tor-mor etdi.

Eslatib o‘tamiz, saralash bosqichining 1-turida O‘zbekiston Afg‘oniston ustidan 8:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Osiyo kubogi saralashi, 2-tur
9 sentyabr, shanba
Gongkong U-23 – O‘zbekiston U-23 0:10
Gollar: 0:1 — 6 Husayn Norchayev, 0:2 — 25 Abbosbek Fayzullayev, 0:3 — Alisher Odilov (penalti), 0:4 — 57 Umarali Rahmonaliyev (penalti), 0:5 — 59 Husayn Norchayev, 0:6 — 69 Husayn Norchayev, 0:7 — 74 Man Yip Cheuk (avtogol), 0:8 — 83 Ulug‘bek Hoshimov, 0:9 — 88 Ulug‘bek Hoshimov, 0:10 — 90+3 Ulug‘bek Hoshimov.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:31, 09.09.2023.
O'qildi: 2840 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.