Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston Meksika bilan jangovar durang qayd etdi

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston Meksika bilan jangovar durang qayd etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi AQSHning Atlanta shahrida Meksikaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, jangovar durangga imzo chekdi.

Uchrashuvning 18-daqiqasida qanotdan uzatib berilgan to‘pni Bobur Abduxoliqov bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi va hisobni ochdi. Biroq, oradan 3 daqiqa o‘tib, Raul Ximenes o‘rtadagi muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim so‘ngida esa Shukurovning ajoyib uzatmasini Azizbek Turg‘unboyev golga aylantirdi va O‘zbekiston tanaffusga 2:1 hisobidagi ustunlik bilan yo‘l oldi.

Ikkinchi bo‘limda ham hujumlar bo‘lib turishiga qaramasdan, 81-daqiqaga kelib, gol urildi. Raul Ximenes dubl muallifiga aylandi. 88-daqiqada esa Antuna meksikaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Mana shu ikki golda himoyachilarimizning xatolari muhim rol o‘ynadi.

Hakam qo‘shib bergan daqiqalarda esa Otabek Shukurov o‘tkir burchak ostida belgilangan jarima zarbasidan to‘pni Ochoa darvozasiga "mixlab" qo‘ydi.

Shu tariqa uchrashuv 3:3 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, Srechko Katanes shogirdlari xalqaro o‘rtoqlik o‘yini doirasida AQSH terma jamoasiga ham qarshi bahs o‘tkazib, 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini
13 sentyabr, chorshanba
Meksika – O‘zbekiston 3:3 (1:2)
Gollar: 0:1 — 18 Abduxoliqov, 1:1 — 21 Ximenes, 1:2 — 45+1 Turg‘unboyev, 2:2 — 81 Ximenes, 3:2 — 88 Antuna, 3:3 — 90+2 Shukurov.
Meksika: Ochoa, Alvarez, Vazkez, Sepulveda, Angulo, E.Alvarez, Rodrigez, Pineda, Huerta, Alvarado, Ximenez.
O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Farruh Sayfiyev, 7. Otabek Shukurov, 9. Odil Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov (Abror Ismoilov 76), 19. Aziz Turg‘unboyev, 15. Umar Eshmurodov, 18. Abdulla Abdullayev, 17. Bobir Abduxoliqov (Oston O‘runov, 70) 22. Dilshod Saitov (Sherzod Nasrullayev, 46) 23. Husniddin Aliqulov.
Ogohlantirishlar: Xesus Angulo (26), Husniddin Aliqulov (38), Jilberto Sepulveda (54), Farruh Sayfiyev (90)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:21, 13.09.2023.
O'qildi: 3177 marta.
Fikrlar: 29 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик