Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

«Inter» yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

«Inter» yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Baho:
+ | -

«Inter» jamoasi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Jurnalist Xrach Xachatryanning xabar berishicha, 34 yoshli futbolchi joriy mavsum yakunlanganidan keyin Milan klubida qolishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Mxitaryanning kelasi yozda «Inter» bilan shartnomasi tugaydi, manbaning xabariga ko‘ra, jamoa futbolchini klubda saqlab qolmoqchi.

Mxitaryan «Inter» safida 2022 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda armanistonlik yarim himoyachi Italiya chempionatining uchta o‘yinida qatnashib, samarasiz natija qayd etdi.

«Inter» A Seriyaning dastlabki uch turidan keyin 9 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. E’tiborlisi, milanliklar shu paytgacha birorta ham gol o‘tkazib yubormadi.

Kiritildi: 19:07, 13.09.2023.
O'qildi: 1111 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик