Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Angliya terma jamoasi yo‘qotishi mumkin bo‘lgan yulduzlar

Angliya terma jamoasi yo‘qotishi mumkin bo‘lgan yulduzlar

Baho:
+ | -

Garet Sautgeyt qo‘lida shu kecha-kunduzda dunyoning eng yaxshi tarkiblaridan biri mavjud. Ammo u bor futbolchilarning hammasini ham saqlab qola olmasligi mumkin. Angliyada talantlar shunchalik ko‘pki, ular xalqaro maqomda ham harakat qilish uchun o‘z milliy terma jamoasini o‘zgartirishi hech gap emas. Quyida Angliya FA yo‘qotishi mumkin bo‘lgan APL yulduzlari haqida so‘z boradi.

Xarvi Barns – Shotlandiyaga

Xabarlarga ko‘ra, Barns Angliyani tashlab, ularning eng qadimiy raqibi bo‘lgan Shotlandiyaga o‘tishi mumkin. Negaki, u 3 yildan beri "Uch sherlar" safiga chaqirilmadi. Shotlandiya ustozi Stiv Klark Xarvi Barnsga eshiklar doimo ochiq ekanini aytgan. Shu sababli Sautgeyt bu borada ehtiyotkor bo‘lishi kerak.

Eddi Nketia – Ganaga

Nketia endigina birinchi bor Angliya kattalar termasi safiga chaqiriq oldi. U 21 yoshlilar safida Alan Shirer rekordini yangilab, yaqqol to‘purarga aylangan edi. Hali birorta bahsda maydonga tushmagan bo‘lsada, Nketia o‘z imkoniyatini kutmoqda. U o‘tmishda Gana termasidan bir necha bor chaqiruv olgan. Biroq, u rad javobini bergandi. Nketianing ota-onasi asli ganalik hisoblanadi.

Ezri Konsa – Kongo DR, Portugaliya, Angolaga

Xalqaro futbol masalasida Konsaning variantlari anchagina. U to‘rtta terma jamoa sharafini himoya qila oladi. Hujumchi Unai Emeri jamoasida yorqin harakatlari bilan ajralib turibdi. U 21 yoshlilar safida inglizlar safida ko‘p bor ishtirok etgan. Agarda kattalar jamoasidan chaqiriq olmasa, Konsa tez orada asl vatanlaridan birini tanlaydi.

Noni Madueke – Nigeriyaga

Madueke "Chelsi"ga kelganidan beri yaxshi taassurot qoldirmoqda. Ammo uning darajasi Angliya milliy terma jamoasiga tortmaydi. Vinger 15 yoshidan beri Angliya sharafini turli yosh toifalarida himoya qilib keldi. Ammo kattalar safidagi raqobat sababli o‘z e’tiborini Nigeriyaga qaratishga majbur bo‘lishi mumkin.

Eron Uan-Bissaka – Kongoga

Uan-Bissaka 6 yildan beri doimiy ravishda APL bahslari ishtirokchisi bo‘lib kelmoqda. Ammo u biror marta Angliya termasidan chaqiruv olgan emas. Shu sabab himoyachi bir paytlar, 17 yoshida harakat qilgan Kongo DR termasiga yo‘l olishi mumkin.

Tino Livramento – Shotlandiya yoki Portugaliyaga

"Nyukasl" himoyachisi ajoyib yosh talantdir. U kelajakda terma jamoaga chaqirilishi mumkin. Agarda bu ish amalga oshmasa, unda ikkita variant bor. U otasi tomondan portugal bo‘lsa, onasi tomonidan esa shotlanddir. Shu sabab Tinoda har ikki terma jamoaga chaqirilish imkoniyati mavjud.

Morgan Gibbz-Uayt – Yamaykaga

"Nottingem"ga kelganidan beri bu futbolchidan faqat yorqin lahzalarni qabul qilib oldik. 23 yoshli hujumchining kelajagi porloqdek ko‘rinmoqda. Morgan Angliyaning 17 yoshlilar safida Jahon chempioni bo‘lgan. 21 yoshlilar bilan esa yaqindagina Yevropada tengsiz deb topildi. Agarda Angliya shunday futbolchini boy bersa, juda ham achinarli bo‘lgan bo‘lardi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 23:58, 13.09.2023.
O'qildi: 3127 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.