"Arsenal" yarim himoyachisi Martin Edegor klub bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
"Kanonirlar"ning norvegiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish niyati yozda ma’lum bo‘lgandi. AFCADMEN xabariga ko‘ra, yarim himoyachining yangi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi va kelishuv yana bir mavsumga avtomatik ravishda uzaytirish imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi. Tomonlar barcha tafsilotlarni yaqin orada hal qilishlari mumkin, ammo kelishuv keyinroq rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Martin Edegorning "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda londonliklarning 24 yoshli sardori beshta uchrashuvda ikkita gol urdi.