"Arsenal" futbolchisi jarohat oldi. Xabarlarga ko‘ra, jamoa yarim himoyachisi Tomas Parti oyoq paylarini cho‘zib olgan. Shu sabab u Gana termasi bilan o‘yinlarda ishtirok etmagan edi.
Parti oktyabrdagi xalqaro tanaffuslardan keyin maydonga qaytishi taxmin qilinmoqda. Avvalroq "Arsenal" himoyachisi Gabriel jarohat olgani haqida xabar qilingandi.