"Liverpul" yoz davomida o‘z tarkibini, xususan, yarim himoyasini yangiladi. Jamoa ayrim qadrdon futbolchilar bilan xayrlashgan edi. Roberto Firmino, Jeyms Milner, Jordan Xenderson va Fabinyolar ketdi. Ular o‘rniga esa Aleks Makallister, Dominik Soboslai, Rayan Gravenberx hamda Vataru Endolar olindi. Rahbariyat Muhammad Salohni Saudiyaliklar "hamlasi"dan zo‘rg‘a to‘sib turibdi. Yurgen Klopp qo‘lida bor yulduzlar bilan o‘tgan yilgi beshinchi o‘rinni yaxshilashga harakat qiladi. Bu ish allaqachon boshlangan. Yangi futbolchilar bilan hammasi silliq kechishiga kafolat yo‘q, albatta. Ammo rahbariyat ularga katta maosh to‘lamoqda. Xo‘sh, hozirgi yangi ko‘rinishdagi "Liverpul" tarkibi qancha maosh oladi?
Ma’lumotlarga qaraganda, mersisaydliklar moliyasidan har yili qariyb 135 million funt aynan futbolchilar maoshi uchun ajratiladi. Bu degani har hafta 2 million 595 ming funt mablag‘ sarflanmoqda. Xo‘sh, bu pullarning hammasi aynan qaysi futbolchilarga qanchadan taqsimlanadi? Quyida bu savolga javob topasiz. Ma’lumotlar "Capalogy" saytidan olingan bo‘lib, ular tӯliq summa emas. Negaki, klublar o‘z futbolchilarining maoshini aniq aytmaydi. Shu sabab biz eng yaqin taxminiy hisob-kitoblar asosida ro‘yxat tuzdik. Asl qiymat bundan farq qilishi mumkin. Shuningdek, ro‘yxatda "Liverpul"ning asosiy qaydnomasidagi nomlar keltirildi.
1. Muhammad Saloh – 350 ming funt
2. Virjil van Deyk – 220 ming funt
3. Tiago Alkantara – 200 ming funt
4. Trent Aleksander-Arnold – 180 ming funt
5. Rayan Gravenberx – 150 ming funt
6. Aleksis Makallister – 150 ming funt
7. Alisson – 150 ming funt
8. Darvin Nunyes – 140 ming funt
9. Diyego Jota – 140 ming funt
10. Dominik Soboslai – 120 ming funt
11. Kodi Gakpo – 120 ming funt
12. Endryu Robertson – 100 ming funt
13. Joel Matip – 100 ming funt
14. Jo Gomes – 85 ming funt
15. Ibraima Konate – 70 ming funt
16. Andrian – 60 ming funt
17. Luis Dias – 55 ming funt
18. Vataru Endo – 50 ming funt
19. Kostas Simikas – 50 ming funt
20. Xarvi Elliot – 40 ming funt
21. Stefan Baychetich – 40 ming funt
22. Kyurtis Jons – 15 ming funt
23. Kuivin Kellexer – 10 ming funt.
ISMATOV J.