Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Denis Korostichenko: «Lokomotiv» — Superliga darajasida klub»

Denis Korostichenko: «Lokomotiv» — Superliga darajasida klub»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko Pro liganing navbatdagi turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Qo‘qon-1912"ga qarshi o‘yin (2:1) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Ilk navbatda barchani, «Lokomotiv»dagilarni, muxlislarni g‘alaba bilan tabriklayman. Muhim g‘alaba. O‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, qanday istagan bo‘lsak, shunday o‘yin namoyish qildik. Birinchi bo‘limda ham, ikkinchisida ham rejalashtirgan ayrim ishlarimiz amalga oshdi. Biroq o‘yin so‘nggisida bo‘lgan ishlarni istisno qilaman. «Qo‘qon-1912» gol urganidan keyin himoyada bosim bo‘ldi va vaziyatlar yaratishdi. Umuman olganda o‘yin barcha uchun qiziqarli bo‘ldi. Bugun yaxshi tomondan o‘zimizni ko‘rsata oldik va adolatli g‘alabaga erishdik.

— «Qo‘qon-1912» ikkinchi bo‘limda o‘yinni kuchaytirdi va bosim qilgani sari «Lokomotiv»da xatolar kuzatildi. Shunday holat kecha termamizning Meksikaga qarshi o‘yinida ham bo‘ldi. Nima deb o‘ylaysiz, klublardagi shunday o‘yin termaga ham o‘tib qolmayaptimi?
— Bu yerda shunday holat bor. Masalan, pressingga katta e’tibor beradigan jamoalar 90 daqiqa shunday o‘ynay olishmaydi. Ba’zida biroz ortga qaytish yoki o‘rtada, tayanch hududida raqibni kutib olish kerak bo‘lib qoladi. Biz esa yigitlardan maydonning istalgan nuqtasida raqiblarga bosim qilish kerakligini tushuntiryapmiz. Menimcha, termadagilar ham bu o‘yinlardan nimalar istaganini bilishadi. Ularda ham, bizda ham kuch qolmagan deb bo‘lmaydi. Raqib ham bor, ular qarab turishmaydi va o‘z vaziyatlarini yaratishadi. Barchani ayta olmayman, biroq umuman olganda jamoaning jismoniy tayyorgarligi yaxshi holatda. Hozir 90 daqiqa mobaynida yuqori tempda o‘ynay olishimiz mumkin. Biroq so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborilgandan keyin bosim ostida qolish, endi bu jismoniy emas, ruxiy bosimga kiradi.

— Noqulay raqib degan faktorga ishonasizmi? «Lokomotiv» 7 yil deganda «Qo‘qon-1912»ni o‘z maydonida mag‘lub etdi.
— Qachonki o‘yinlarga tayyorlanayotganda raqibning o‘yinini tomosha qilib turib, bunday holatdan foydalanish kerak, bunisidan ham degan fikrlar keladi. Maydonga chiqqanda esa jamoalar boshqacha o‘yin namoyish qilishadi. «Lokomotiv»ga qarshi esa raqiblar ikki karra yuqori kuch bilan o‘ynashadi. Umuman olganda biz Superliga darajasidagi klubmiz. Raqiblarning ikki-uch karra yuqori ruh bilan o‘ynashining sabablari bor. Chunki biz chempion bo‘lganmiz, O‘zbekiston futbolidagi grandlardan biri hisoblanamiz. Shu sababli o‘yinlar og‘ir o‘tyapti. Yetti yil deganda g‘alaba... Miyamga o‘tgan mavsumda «Qo‘qon-1912»dan uchralgan mag‘lubiyat keldi. O‘shanda ular ikki zarba berib, ikki gol urgandi. O‘shanda ham mag‘lub bo‘lishimiz kerak edi deb hisoblamayman. Balki, ular rostdan ham noqulay raqib bo‘lgandir.

— Maruf Jumayevning zaxiradan maydonga tushib, bir daqiqadayoq gol urgani haqida nima deysiz?
— Gap yo‘q, bravo. Yaxshi o‘zgarish bo‘ldi. Jamoa o‘yinini kuchaytirdi.

— Bugun gol va assist qayd etgan Abubakir-Rizo Turdialiyev «Lokomotiv»ning birinchi davradagi o‘yinni qanchalik o‘zgartira oldi?
— Bizga yaxshi tayanch yarim himoyachisi kerak bo‘lgandi. Chunki mavsum boshida biz Boyan Naydenovga katta umid bog‘lagandik. Biroq uning salomatligi sababli birinchi davrada ishlar joyida bo‘lmadi. To‘pig‘idagi jarohati bois ikkinchi davrani ham zaxirada boshladi. Shu sababli bizda tayanch yarim himoyachisi kerak bo‘lgandi. Abubakir-Rizo varianti chiqqanidan keyin imkoniyatdan foydalanib qoldik. Uni Superliganing ko‘plab klublari o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qildi. U jamoani yaxshigina kuchaytira oldi, himoyaga mustahkamlik qo‘shdi. U asta-sekinlik bilan jamoaning yetakchisiga aylanib bormoqda.

— Boyan Naydenovni «Lokomotiv»ning proval transferi desa bo‘ladimi? U jamoaga kelgunicha jarohati bo‘lgan, shartnomasi bo‘lgani uchun uni ketkazib yubora olishmagan.
— Bunday deya olmayman. Chunki u jamoaga katta foyda keltira oldi. Jarohat esa barchada bo‘lishi mumkin. Barchasi jarohatning qanchalik jiddiyligiga bog‘liq. Uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdik, jarohati unchalik jiddiy bo‘lib chiqmadi. Davolandi va ikkinchi turdanoq safga qaytdi. Shu orqali u birinchi davra oxirigacha jamoaning foydali futbolchisi bo‘lib turdi. Hali mavsum yakunigacha 5ta o‘yinimiz bor. U hali jamoaga ko‘p yordam beradi. Demak, uning transferi proval bo‘lmadi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 10:22, 15.09.2023.
O'qildi: 1062 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.