Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘FA Baxtiyor Qosimov masalasida OKMKga rad javobini berdi

O‘FA Baxtiyor Qosimov masalasida OKMKga rad javobini berdi

Baho:
+1 | -

2023-yil 15-sentyabr kuni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Futbolchilar maqomi va oʻtishi boʻyicha qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Kun tartibidan OKMK futbol klubining futbolchi Baxtiyor Qosimovni klub tarkibida Oʻzbekiston Professional futbol ligasi musobaqalarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaatini koʻrib chiqish masalasi oʻrin oldi. Unga koʻra, Qatar davlatining “Al-Xor” futbol jamoasida faoliyat koʻrsatgan Baxtiyor Qosimovni transfer oynasi vaqtidan tashqari boʻlgan davrda roʻyxatdan oʻtkazishda amaliy yordam berish soʻralgan.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Futbolchilarning maqomi va transferi boʻyicha reglamentining 6-moddasi, 6.1-bandida futbolchi Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan yiliga ikki marta roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan davrlardan birida roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkinligi, ushbu qoidadan istisno tariqasida roʻyxatdan oʻtkazish davri yakunlangunga qadar shartnoma muddati tugagan yoki shartnomasi uzrli sabab boʻyicha tugagan professional futbolchi ushbu roʻyxatdan oʻtkazish davridan tashqari roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkinligi, assotsiatsiya bunday professional futbolchilarni roʻyxatdan oʻtkazishga tegishli musobaqaning sport yaxlitligiga yetarlicha diqqat-eʼtibor qaratish shartida ruxsat berilishi belgilangan.

Bunda, roʻyxatdan oʻtkazish davridan tashqari roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkinligi, assotsiatsiya bunday professional futbolchilarni roʻyxatdan oʻtkazishga tegishli musobaqaning sport yaxlitligiga yetarlicha diqqat-eʼtibor qaratish shartida ruxsat berilishi obyektiv omil sifatida qayd etilgan.

Hozirda Superliga musobaqasining 19-tur oʻyinlari arafasida turilgani, musobaqa yakuniga qadar 8 tur qolganligi, jamoalar oʻrtasida yuqori oʻrinlarni egallash uchun raqobat yanada kuchaygani, aynan OKMK futbol klubi uchun transfer oynasidan tashqari boʻlgan vaqtda yangi futbolchini roʻyxatdan oʻtkazish boshqa futbol klublarining manfaatiga zid ekanligi, futbol klublarining sport natijalariga jiddiy taʼsir etishi hamda sport yaxlitligini buzilishiga olib keladi degan xulosaga kelindi.

Yuqoridagilarga asoslangan holda Futbolchilarning maqomi va transferi boʻyicha reglamentining 6-moddasi, 6.1-bandidan kelib chiqib, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Futbolchilarning maqomi va oʻtishi boʻyicha qoʻmitasi OKMK futbol klubi tomonidan futbolchi Baxtiyor Qosimovni Oʻzbekiston Professional futbol ligasi musobaqalarida ishtirok etish uchun ikkinchi davra davom etayotgan, qolaversa chempionat va kubok bahslari hal qiluvchi pallaga kirgan davrda roʻyxatdan oʻtkazilishi sport yaxlitligini buzilishiga olib kelishi sababli futbol klubining bu boradagi murojaatini qanoatlantirishni rad etish boʻyicha qaror qabul qildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:10, 16.09.2023.
O'qildi: 2473 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.