Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Og‘ir atletika. Akbar Jo‘rayev — jahon chempioni, Ruslan Nurudinov kumush medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletika. Akbar Jo‘rayev — jahon chempioni, Ruslan Nurudinov kumush medalni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida hozirgina erkaklar o‘rtasida 109 kg. vazn toifasida bahslar yakuniga yetdi.

Unda, kutilganidek, asosiy kurash o‘zbekistonlik ikki sportchi — Akbar Jo‘rayev va Rusan Nurudinov o‘rtasida kechdi.

Akbar dast ko‘tarishda 189 kg. natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. U eng yaqin ta’qibchisini naq 8 kiloga ortda qoldirdi. Dast ko‘tarishda Nurudinov 180 kg bilan 4-o‘rinni egalladi (u 3-urinishda 185 kg.ni ko‘tara olmadi).

Siltab ko‘tarishda esa g‘oliblik Ruslan Nurudinovga nasib etdi. Hamyurtimiz 227 kilo shtanga o‘ziga bo‘ysundirdi. Jo‘rayev esa ikkinchi urinishda 226 kg.ni ko‘targach, uchinchi urinishda 331 kg.ni o‘ziga bo‘ysindira olmadi.

Ruslan ikki kurash natijasiga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritish maqsadida 236 kg.ga buyurtma berdi. Ammo unga omad biroz yetishmadi. Oqibatda ikki kurashda chempionlik Akbar Jo‘rayevga niasib etdi — 415 kg. Ruslan Nuriddinov esa 407 kg. natija bilan kumush medalga ega chiqdi.

Qayd etish lozimki, Akbar Jo‘rayev aynan Ruslan Nuriddinovdan so‘ng ikki karra jahon chempioni bo‘lgan ilk og‘ir atletikachi sifatida o‘zbek sporti tarixiga kirdi.

Og‘ir atletika bo‘yicha JCH. Erkaklar, 109 kg.

Dast ko‘tarish
1. Akbar Jo‘rayev (O‘zbekiston) — 189 kg.
2. Xristo Xrostov (Bolgariya) — 181 kg.
3. Dadash Dadashbayli (Ozarboyjon) — 180 kg.
4. Ruslan Nurudinov (O‘zbekiston) — 180 kg.

Siltab ko‘tarish
1. Ruslan Nurudinov (O‘zbekiston) — 227 kg.
2. Akbar Jo‘rayev (O‘zbekiston) — 226 kg.
3. Dadash Dadashbayli (Ozarboyjon) — 223 kg.

Ikki kurash

1. Akbar Jo‘rayev (O‘zbekiston) — 415 kg.
2. Ruslan Nurudinov (O‘zbekiston) — 407 kg.
3. Dadash Dadashbayli (Ozarboyjon) — 403 kg.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:02, 16.09.2023.
O'qildi: 2878 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.