Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Saloh "Liverpul" safida avval faqat Jerrard uddalagan vazifani bajardi

Saloh "Liverpul" safida avval faqat Jerrard uddalagan vazifani bajardi

Baho:
+ | -

Muhammad Saloh "Liverpul" safida APLdagi 200-samarali harakatini amalga oshirdi.

"Qizillar" forvardi "Vulverxempton"ga qarshi o‘yinda (3:1) Kodi Gakpo va Endryu Robertsonga golli pas berdi. Qolaversa, misrlik uchinchi golda ishtirok etdi va bu gol Ugo Bueno tomonidan kiritilgan avtogol sifatida statistikada qayd etilgan.

Bular Salohning “Liverpul” safida APLdagi 61 va 62-assistentliklari. Shuningdek, u mersisaydliklar safida 139 ta gol urgan.

Saloh "Liverpul" tarixida APLda 200 yoki undan ortiq samarali harakat qilgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Ilgari bu ishni faqat Stiven Jerrard uddalagan — uning hisobida 120 ta gol va 93 ta golli uzatma bor.

Kiritildi: 02:31, 17.09.2023.
O'qildi: 1013 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик