Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 01:00 Valensiya 1-2 Real Madrid
04/01 17:30 Tottenhem - Nyukasl
04/01 19:00 Venetsiya - Empoli
04/01 20:00 Bornmut - Everton
04/01 20:00 Aston Villa - Lester
04/01 20:00 Kristal Pelas - Chelsi
04/01 20:00 Sautgempton - Brentford
04/01 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
04/01 22:00 Fiorentina - Napoli
04/01 22:30 Brayton - Arsenal
05/01 00:45 Verona - Udineze
05/01 16:30 Monsa - Kalyari
05/01 19:00 Fulhem - Ipsvich
05/01 19:00 Lechche - Jenoa
05/01 21:30 Liverpul - Man. Yunayted
05/01 22:00 Torino - Parma

Superkompyuter 5 turdan keyin APLning yakuniy jadvalini bashorat qildi. Natijalar «Chelsi» va «MYU» uchun achinarli

Superkompyuter 5 turdan keyin APLning yakuniy jadvalini bashorat qildi. Natijalar «Chelsi» va «MYU» uchun achinarli

Baho:
+ | -

Sun’iy ongga asoslangan superkompyuter APL jadvalini qanday ko‘rinish olishni taxmin qildi. Oqibatlar «MYU» hamda «Chelsi» muxlislariga yoqmasligi aniq. «Qizil iblislar» ham, «Aristokratlar» ham yangi mavsumni katta kutilmalar bilan boshlagandi. Ammo omadsiz start har ikki jamoadagi muammolarni namoyon qildi. Xususan, 5 turda «MYU» o‘z maydonida «Brayton»ga sharmandali ravishda mag‘lub bo‘ldi. O‘yinda Rasmus Xyoylunn va Antoni Marsyallarning almashinuvi muxlislar g‘azabini qo‘zg‘adi. «Chelsi» esa safarda o‘zidan ancha zaif bo‘lgan «Bornmut»ni yuta olmadi. Londonliklar 5 ta turda faqatgina 1 ta g‘alaba qayd etib turibdi.

Superkompyuter so‘nggi natijalarni tahlil qilgan holda, APLning yakun jadvalini qanday ko‘rinish olishini shakllantirdi. Bundan oldingi versiyada «MYU» 4 o‘rinni, «Chelsi» esa 6 pog‘onani band etishi belgilangandi. Ammo beshinchi turdan keyin bu pozisiya o‘zgardi. Endilikda, «MYU» kuchli to‘rtlikdan chiqarilib, beshinchi o‘ringa tushirildi. Pochettino boshchiligidagi «Chelsi» esa yettinchida qayd etilmoqda. Ayni damda ushbu klublar mos ravishda 13 va 14 o‘rinlarni band etib turibdi. «Qizil iblislar»da 5 ta turdan keyin 6 ochko mavjud bo‘lsa, «Chelsi»da 5 ochko bor xolos.

Kutilganidek, sun’iy ong «Manchester Siti»ni yangi mavsumda ham chempion bo‘ladi deb hisoblamoqda. «Liverpul» esa bo‘lajak chempionlarga eng yaqin kelgan jamoa bo‘ladi. Uchinchi o‘rinni «Arsenal» egallasa, kuchli to‘rtlikni «Nyukasl» yakunlab beradi.

Aneglos Postekogluning fantastik start olgan «shporlar»ining ishlari mavsum oxiriga borib, unchalik ham yaxshi bo‘lmaydi. «Tottenxem» 38 turdan keyin «MYU» va «Chelsi» orasida, 6 o‘rinda bo‘ladi. «Brayton», «Aston Villa» va «Vest Xem»lar turnir jadvalining birinchi yarmiga yakun yasaydi. APLdan ketadiganlar sifatida «Everton», «Sheffild Yunayted» hamda «Luton Taun» qayd etilgan. Kompani jamoasi bo‘lmish Byornli esa Chempionship iskanjasidan zo‘rg‘a qutilib qoladi. Turnir jadvali markazida «Brentford», «Kristal Pelas» va «Nottingem» mos ravishda 11,12 va 13 o‘rinlarda joylashishi taxmin qilinmoqda.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 22:22, 18.09.2023.
O'qildi: 8114 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.