Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Abbos Fayzullayev: «Bu hali hammasi emas»

Abbos Fayzullayev: «Bu hali hammasi emas»

Baho:
+ | -

SSKA - «Krilya Sovetov» o‘yinining ikkinchi bo‘limida maydonga tushib, barchaning e’tiboriga tushgan hamyurtimiz Abbos Fayzullayev rus tilida ravon so‘zlashi bilan ham maqtov oldi jurnalistlardan.

SSKA o‘yinini butunlay o‘zgartirib yuborgan va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan legionerimiz flesh-intervyuda baralla ta’kidlandi: «Bu hali hammasi emas!»

- Abbos, durang bilan sizni tabriklasak bo‘ladimi yoki...?

- Yo‘q. Chunki SSKA hamisha g‘alabani ko‘zlaydi, bu o‘yinda ham 3 ochko olishni rejalashtirgan edik. Yaxshi o‘ynadik, 2ta gol qo‘yib yuborganimizga qaramay, burilish yasadik va durang qayd etdik. Muhimi, oxirigacha kurashdik. Nasib etsa, keyingi bahsda g‘alaba qozonamiz.

- Maydonga tushganingizdan keyin SSKAning o‘yini butunlay o‘zgardi. Yaqinda terma jamoangizda gol urdingiz va bu o‘yinga o‘zgacha kirishdingiz. Tasavvur shundayki, Rossiya chempionatiga to‘liq moslashib ulgurdingiz...

- Ko‘nikish jarayoni davom etyapti, jamoadagi barcha yigitlar va murabbiylar yordam berishyapti. Bu gal ko‘proq o‘yin vaqti berilganidan xursandman. Keyingi bahsda yanada faolroq to‘p surishga harakat qilaman.

- Maydonda kim bilan yaxshiroq tushunib harakatlanyapsiz?

- Hozircha kimnidir alohida ajratib ko‘rsatolmayman. Axir hali ko‘p o‘ynamadim. Mashg‘ulotlarda esa hamma bilan muloqot qilish, til topishishga urinyapman.

- Jarima zarbasi oldidan oldingizga Igor Akinfeev yugurib keldi. U nima dedi?

- Kuch bilan tepishimni ta­yinladi. Yana raqib darvozaboni zarba yo‘nalishini ko‘rib turishini cheklash kerakligini.

- «Jonli devor» xalaqit berdi, lekin hammasi to‘g‘ri bajarilgandi...

- Ha, shunday. Qaysi chiziqda to‘p surishimning farqi yo‘q, eng asosiysi maydonga tushishim. O‘yinimdan qoniqdimmi? Ha, ammo yanada yaxshiroq o‘ynay olishimni bilaman. G‘alaba golini urganimda, yanada yaxshi bo‘lardi. Endi ke­yingi o‘yinlarda shunga harakat qilaman.

- Rossiya chempionatida yaxshi o‘ynagan o‘zbekistonlik futbolchilar yetarli. Kimlarni bilasiz?

- Deylik, Odil Ahmedov yorqin iz qoldirgan.

- Mirjalol Qosimov... 

- Ha, albatta. U «Alaniya»da yetakchilar qatorida bo‘lgan, jarima zarbalaridan ko‘p gol urgan. Yana Eldor Shomurodovni ham aytishim kerak. 

- Bu maksimal o‘yiningizmi?

- Yo‘q, bu hammasi emas.

E’tirof

— Hisob adolatli. Tarkib teng bo‘lgan payt SSKA 20-25 daqiqa davomida hech narsa qilolmadi. Abbos Fayzullayev maydonga tushib, o‘yinga kuchli ta’sir o‘tkazdi. U barchamizni o‘ziga muxlis qilib qo‘ydi. SSKA muxlislari ushbu transfer to‘g‘ri bo‘lganini tan olishi kerak endi. Andrey Tixonov.

— O‘yinda «Krilya Sovetov»ga nima bo‘lganini tushuntirib berish qiyin.  Hammasiga SSKAda zaxiradan tushgan futbolchilar o‘yinni o‘zgartirib yuborishgani sababdir. Bular - Abbos Fayzullayev va Fyodor Chalov. Umuman, SSKA darajasi yuqoriroq ekan. Andrey Arshavin.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:07, 19.09.2023.
O'qildi: 3016 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.