Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Xoland uchun yana bir marra

Xoland uchun yana bir marra

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning raqiblar darvozabonlariga shafqat bilmas norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland 2 sentyabr kuni APL 4-turidan o‘rin olgan «Ful­xem»ga qarshi o‘yin (5:1)da navbatdagi «xet-trik»ni rasmiylashtirdi.

 Endi «yirtqich» hisobida APLda qayd etilgan 5ta «xet-trik» bor. Ammo u bu borada chempionat rekordidan hali ancha uzoqda. Zero, argentinalik Serxio Agu­ero APL bahslarida naq 12 marta «xet-trik»­ka erishgan. Demak, Erling chempionat tarixidagi mutlaq yetakchiga tenglashish uchun yana 7ta o‘yinda 3tadan gol urishi kerak.

1-o‘rin. Ro‘yxat yetakchisi — Serxio Aguero. Argentinalik sobiq hujumchi «Manchester Siti»dagi faoliyati davomida APL o‘yinlarida naq 12ta «xet-trik» to‘plagan.

2-o‘rin. Yana bir sobiq futbolchi Alan Shirer Ang­liya chempionatidan o‘rin olgan o‘yin­larda 11 marta «xet-trik» qayd etgan. Bu ikkinchi yuqori natija. 

3-o‘rin. APLda «xet-trik»lar soni bo‘yicha top-3ning oxirgi vakili - Robbi Fauler. «Liverpul»ning sobiq hujumchisi 9 marta o‘yin­ni 3tadan gol bilan yakunlagan.

4-6-o‘rinlar. Agar Garri Keyn APLda loaqal yana bir mavsum o‘ynaganida, katta ehtimolki, «xet-trik»chilar xit-paradida kuchli 3talikka bosh suqardi. Fakt shuki, u hozir 8 martadan «xet-trik»ka erishgan Maykl Ouen va Tyerri Anri bilan bir qatorda - 4-6-o‘rinlar.

7-o‘rin. Ueyn Runi Angliya chempionatida 7 marta «xet-trik» rasmiylashtirgan va bu 7-natijadir. Hozircha, albatta. Axir yovqur Xoland tobora yaqinlashmoqda.

8-o‘rin. APLdagi faoliyatini 6ta «xet-trik» bilan yopgan Luis Suaresning pozisiyasi yanada omonat. Hozirda uni amaldagi ikki futbolchi ta’qib qilmoqda - Xoland va Rahim Sterling. 

9-15-o‘rinlar. Ha, naq 7 nafar futbolchi hisobida 5tadan «xet-trik» bor. Erling Xoland va Rahim Sterlingda ushbu reyting bo‘yicha yuqorilash imkoniyati bo‘lsa, Ruud van Nistelroy, Endi Koul, Ian Rayt, Robin van Persi hamda Dimitar Berbatov endi past­ga tushishsa tushishadiki, tepaga ko‘tarilishmaydi aslo. 

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 00:01, 01.10.2023.
O'qildi: 2114 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.