"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Kilian Mbappening jarohatdan keyingi holati haqida gapirdi.
"Kilian jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazdi, barcha mashqlarni hech qanday noqulayliksiz bajardi. Ayni paytda u to‘liq tayyor. Hozir Mbappe ideal holatda", - dedi Enrike RMC Sport bilan suhbatda.