Bilbaoning “Atletik” klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan “Barselona”da ishlash haqida gapirdi. Murabbiy 2017 yildan 2020 yilgacha “blaugrana”ni boshqargan.
“Leo qanday o‘ynashini ko‘rdingizmi? U bilan ishlash qiyinmi? Yo‘q. "Barselona" kabi klubda ishlashga tayyorgarlik ko‘rayotganingizda, kim bilan ishlashingiz kerakligini allaqachon bilasiz. Messi sizga kerak bo‘lgan hamma narsani beradigan futbolchi”, - dedi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Messi o‘tgan yozda MLSga o‘tib, "Inter Mayami" bilan shartnoma imzolagan edi. 36 yoshli argentinalik forvardning Florida klubi bilan shartnomasi 2025 yilning oxirigacha amal qiladi.