Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Yevropa ligasi. “Liverpul”da ishonchli, “Roma”da esa yirik g‘alaba, “Brayton” safarda “Marsel” bilan jangovar durang qayd etdi

Yevropa ligasi. “Liverpul”da ishonchli, “Roma”da esa yirik g‘alaba, “Brayton” safarda “Marsel” bilan jangovar durang qayd etdi

Baho:
+ | -

Yevropa ligasining 2-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 5-oktyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Liverpul” Belgiyaning “Yunion” jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 44-daqiqasida Gravenberx hisobni ochdi. O‘yin so‘ngida esa Diogu Joya mersisaydliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi va jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

“Roma” “Servett”ga qarshi maydonga tushdi va 4:0 hisobida zafar quchdi. Rimliklar safida Lukaku va Pellegrini bittadan gol urgan bo‘lsa, Belotti dublni rasmiylashtirdi.

“Brayton” safarda “Marsel” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 19-daqiqasida Shansel Mbemba hisobni ochdi. Bir daqiqadan so‘ng Veretu fransuzlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 54-daqiqada Paskal Gross hisobni qisqartirgan bo‘lsa, 88-daqiqada Joao Pedro penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi. Shu tariqa jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv durang bilan yakunlandi.

Yevropa ligasi, 2-tur
5-oktyabr, payshanba
“Liverpul” – “Yunion” 2:0
Gollar: 1:0 – 44 Gravenberx, 2:0 – 90 Diogu Jota.
“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold (Gomes, 63), Konate, Kuansa, Simikas, Endo (Mak Allister, 46), Gravenberx (Soboslai, 79), Elliott, Saloh (Jons, 46), Diogu Jota, Nunyes (Dias, 46).
“Yunion”: Moris, Berjess, Mak Allister (Sayks, 86), Matida, Lazar (Rasmussen, 75), Puertas, Vanxautte (Sadiki, 75), Kastro-Montes, Terxo (Lapussen, 68), Nilsson (Rodriges, 67), Amura.

“Roma” – “Servett” 4:0
Gollar: 1:0 – 21 Lukaku, 2:0 – 46 Belotti, 3:0 – 52 Pellegrini, 4:0 – 59 Belotti.
“Roma”: Svilar, Chelik, Manchini (Karsdorp, 64), Ndika, Kristante, Paredes, Auar (Pellegrini, 46; Pagano, 58), Bove (D’Alessio, 77), Lukaku (Zalevski, 64), Belotti, Ash-SHaaravi.
“Servett”: Frik, Sunemoto, Severen, Vuyo, Maziku, Stevanovich (Tuati, 88), Kutesa (Bolla, 64), Ondua, Antunes (Konya, 64), Bedia (Dulen, 74), Krivelli (Giymeno, 63).
Ogohlantirishlar: Ondua (70), Dulen (81).

“Marsel” – “Brayton” 2:2
Gollar: 1:0 – 19 Mbemba, 2:0 – 20 Veretu, 2:1 – 54 Gross, 2:2 – 88 Joao Pedro (penalti).
“Marsel”: Lopes, Kloss, Mbemba, Balerdi, Murilyo, Veretu (Unai, 51), Ronje, Xarit, Korrea (Sarr, 62), Ndiay (Lodi, 79), Obameyang (Vitinya, 62).
“Brayton”: Stil, Veltman, Dank, van Xekke, Lempti, Gross, March (Adengra, 76), Daud (Gilmor, 67), Mitoma, Fati (Joao Pedro, 67), Uelbek (Fergyuson, 77).
Ogohlantirishlar: Gross (55), Dank (83), Veltman (84), Sarr (84), Kloss (87), Balerdi (89), Fergyuson (90).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:28, 06.10.2023.
O'qildi: 2424 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик