“Vilyarreal”ning jarohat olgan vingeri Yeremi Pino o‘rniga Ispaniya terma jamoasiga Brayan Saragosa (“Granada”) va Ansu Fati (“Brayton”) chaqirildi, deb xabar bermoqda Ispaniya futbol federasiyasi sayti.
Jamoa 9 oktyabr kuni yig‘inga to‘planadi. Shu kuni kechqurun Ispaniya terma jamoasi ochiq mashg‘ulot o‘tkazadi.
Ispanlar 12 oktyabr kuni Yevro-2024 saralashida Shotlandiya bilan o‘z uyida o‘ynaydi, shundan so‘ng 15 oktyabr kuni Norvegiyaga qarshi safarda maydonga tushadi.