Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Italyano «Fiorentina»si o‘zgacha...

Italyano «Fiorentina»si o‘zgacha...

Baho:
+ | -

Italiyada o‘z qaddini tiklab olgan yangi «Fiorentina»ning o‘ziga xos  xususiyati - bu muntazam o‘zgarayotgan tarkib...

Diqqat qiling, naq 113ta o‘yindan buyon Florensiya klubining boshlang‘ich tarkibida har safar qandaydir o‘zgarish kuzatilmoqda. Shuncha o‘yin 2 yil muddatni o‘z ichiga olganini hisobga olsak, bu natija yanada hayratlanarli tuyuladi.

45 yoshli Vinchenso Italyano 28 sentyabr kuni «Fiorentina» boshqaruvida 113-o‘yinini nishonladi. Ha, joriy mavsumni chakki boshlamagan Florensiya klubi «Frozinone» maydonida muhim ochkolarni boy berdi - 1:1, lekin Italyano Italiya rekordini yangiladi. Gap shundaki, u ortda qolgan 113ta o‘yinning har birida boshlang‘ich tarkibni o‘zgartirdi. Oddiy aytganda, loaqal 2ta uchrashuvda bir xil tarkibga tayanmadi. Qoyil. Axir 113ta urinishda 113 xil tarkib tanlash... Bunaqasi aqlga sig‘maydi.

Aytish joiz, Germaniyada tug‘ilgan italyan - Vinchencho Italyano ushbu ko‘rsatkich bo‘­yicha «Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegridan o‘zib ketdi. E’tiborli tomoni, «keksa sinyora» ustozi 112ta o‘yinga cho‘zilgan seriyasini yaqindagina uzgandi. Aniqrog‘i, «A» seriya 4-5-turlarida «Lasio» hamda «Sassuolo»ga qarshi kechgan o‘yinlarda bir xil boshlang‘ich tarkibni jang­ga tashladi. Yana bir fakt shuki, Massimiliano bunga qadar Turin klubidagi ikkinchi davrida biror marta ketma-ket 2ta o‘yinda bir xil boshlang‘ich tarkibga tayangan emasdi. Qisqasi, endi Italya­no tarkib «rokirovka»si bo‘yicha mutlaq lider!

P.S.: Italyano «Fiorentina»si «A» seriya 7-tur doirasida «Kalyari»ni, 8-turda esa «Napoli»ni mag‘lub etdi. Jamoa 17 ochko bilan A seriya jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:09, 09.10.2023.
O'qildi: 1383 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик