Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Saudiya klubi yanvarda Lukaku uchun katta taklif bilan chiqadi

Saudiya klubi yanvarda Lukaku uchun katta taklif bilan chiqadi

Baho:
+ | -

"Chelsi"dan ijara asosida harakat qilayotgan "Roma" hujumchi Romelu Lukaku qishda jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Yaqinda ishonchli manbalardan ma’lum bo‘lishicha, London klubi belgiyalikni keyingi yozda sotishga tayyor. Biroq jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, nomlari oshkor etilmagan Saudiya klublari 30 yoshli forvard uchun taklifni ancha oldinroq — yanvarda yuborishni rejalashtirgan.

Romelu Lukaku o‘tgan yozda Yevropani tark etishi mumkin edi, ammo, mish-mishlarga ko‘ra, u Saudiya Arabistoni takliflarini rad etgan. "Chelsi" bilan shartnomasi 2026 yilgacha tuzilgan futbolchi joriy mavsumda "Roma" safida 8ta o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol urdi.

Kiritildi: 04:12, 11.10.2023.
O'qildi: 812 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.