Kirish Ro'yxatdan o'tish

Taekvondo WT. Nikita Rafalovich Tayyuan Gran-prisida kumush medalga sazovor bo‘ldi

Taekvondo WT. Nikita Rafalovich Tayyuan Gran-prisida kumush medalga sazovor bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xitoyning Tayyuan shahrida taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri musobaqasi yakunlandi.

Bugun turnirning so‘nggi kunida kechgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Nikita Rafalovich kumush medalga sazovor bo‘ldi.

+80 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz musobaqa davomida Tunis, Xitoy, Xorvatiya, Janubiy Koreya vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi.

Biroq finalda rossiyalik Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Vladislav Laringa 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqani 1 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan tugatdi.

Kiritildi: 14:56, 12.10.2023.
O'qildi: 971 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик