Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Rossiya sport vaziri sportni siyosatga aralashtirmaslikka shama qildi

Rossiya sport vaziri sportni siyosatga aralashtirmaslikka shama qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Rossiya Federasiyasi sport vaziri Oleg Matisin UYEFAning Rossiya yoshlar terma jamoalarini rasmiy musobaqalarga kiritishni bekor qilishi haqidagi qaroriga munosabat bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, UYEFA ko‘plab davlatlar bosimi ostida Rossiya yoshlar terma jamoalarini xalqaro musobaqalarga qabul qilishni bekor qilgan.

«Bu yana bir bor xalqaro sport tashkilotlarini keskin siyosiylashtirishdan dalolat beradi. Afsuski, ular mustaqil bo‘lishni to‘xtatmoqda», — deya Matisinning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.

Xabaringiz bor, Rossiya yoshlar terma jamoalari xalqaro turnirlarga qabul qilingani e’lon qilingach, bir qator davlatlar boykot e’lon qilgan edi.

Ular Rossiya yoshlar terma jamoalariga qarshi neytral maqomda ham o‘ynashni istamasliklarini bildirishdi.

Kiritildi: 16:00, 12.10.2023.
O'qildi: 1031 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.