Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

O‘rtoqlik o‘yini. «Andijon» - «Muras Yunayted» (prevyu)

O‘rtoqlik o‘yini. «Andijon» - «Muras Yunayted» (prevyu)

Baho:
+ | -

Ma’lumki, 14 oktyabr kuni “Andijon” klubi “Bobur Arena”da xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Qirg‘izistonning “Muras Yunayted” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu jamoalar sentyabr oyida Jalolobodda uchrashishgandi va bu safar ikkinchi bor to‘qnash keladilar, endi Andijonda.

Oldin xabar berganimizdek, “Andijon” klubi bilan “Muras Yunayted” o‘rtasida memorandum imzolangan bo‘lib, mazkur o‘yinning tashkil etilayotgani ham bejiz emas. Albatta, “Muras Yunayted” Qirg‘izistonda o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan va rivojlanish bosqichini muvaffaqiyatli bajarayotgan klub hisoblanadi.

16 sentyabr kuni Bishkekda Qirg‘iziston Kubogi finalida “Abdish-Ata”ga qarshi maydonga tushib 2:1 hisobida g‘alaba qozongan holda “Muras Yunayted” faoliyatidagi ilk sovrinni qo‘lga kiritdi.

Bo‘lajak raqib to‘g‘risida yana ma’lumot berishda davom etadigan bo‘lsak, ayni damda Qirg‘iziston prem’er-ligasida 10 ta ishtirokchi orasida 23 ta o‘yindan so‘ng 11 g‘alaba, 5 durang va 7 mag‘lubiyat qayd etib, 38 ochko bilan 4-o‘ringa joylashib turibdi.

“Muras Yunayted”ni 48 yoshli mahalliy mutaxassis Valeriy Berezovskiy boshqarib bormoqda. Valeriy Yuryevich bungacha “Olg‘a” jamoasiga bir necha mavsum bosh murabbiylik qilgan. Shuningdek, u Qirg‘iziston U21 terma jamoasini boshqargan.

Jamoa tarkibiga nazar tashlasak, asosiy darvozabon Pavel Matyash o‘zbek muxlislariga ham yaxshi tanish. Yodingizda bo‘lsa, u 2017-2018 yillari Olmaliqning OKMK jamoasi sharafini himoya qilgan. Matyash hozirda 36 yoshda bo‘lib, “Muras”ning eng “keksa” futbolchisi hisoblanadi.

Bundan tashqari, 35 yoshli yarim himoyachi Anatoliy Vlasichev o‘z vaqtida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasida to‘p surgan. Hozirda “Muras Yunayted” sharafini munosib himoya qilib kelyapti.

Umuman olganda, jamoa safida 6 tadan ziyod legioner futbolchilar to‘p surishmoqda. Jumladan, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Nigeriyadan kelgan o‘yinchilar bor. Shu bilan birga tarkibda Qirg‘iziston terma jamoasi a’zolari ham faoliyat olib borishyapti.

“Muras Yunayted” ichki chempionatida oxirgi bor peshqadam “Dordoy”ga qarshi o‘tkazib 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Navbatdagi o‘yinda esa 19-sanada “Abdish-Ata” mehmoni bo‘ladi.

Tabiiyki, “Bobur Arena”da bo‘ladigan bellashuv har ikkala jamoa uchun chempionatdagi navbatdagi o‘yinga alohida tayyorgarlik vazifasini ham o‘tab beradi.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:35, 13.10.2023.
O'qildi: 1734 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.