Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

"Barselona"ning "el-klasiko"dagi eng yaxshi va eng yomon futbolchilari nomi ma’lum bo‘ldi

"Barselona"ning "el-klasiko"dagi eng yaxshi va eng yomon futbolchilari nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"El-klasiko"da "Barselona" bilan hammasi joyida edi. Hisobdan tashqari Xavi jamoasida ko‘plab ijobiy jihatlarni ko‘rdik. Uning shogirdlari o‘z uyida o‘yinning asosiy qismida ustunlik bilan harakat qildi. Ammo hammasini Jud Bellingemning haddan tashqari yuqori mahorati o‘zgartirdi. Kataloniyaliklar haqli ravishda olti daqiqa ichida ustunlikni o‘z qo‘liga olgandi. Ammo Bellingemning ikkinchi taymdagi gollari uch ochkoni poytaxt jamoasiga olib berdi. "Barselona"ning mag‘lubiyati "Real"dan to‘rt ochko ortda qolishiga sababchi bo‘ldi. Quyida "el-klasiko"da "ko‘k-anorranglilar"ning eng yaxshi va eng yomon futbolchilarini aniqlaymiz.

Eng yaxshi

Gavi: 8/10

Hozir nafaqat Ispaniyada, balki dunyoda ham Bellingemga teng keladiganini topish juda qiyin. Kechagi o‘yin ham buni isbotladi. Ammo mezbonlar safida Bellingem kabi yaxshi harakat qilgan, ammo gol ura olmagan futbolchi bor edi. Gavi o‘sha vakildir. Jamoasi mag‘lub bo‘lganiga qaramay, 18 yoshli yarim himoyachi yorqin harakat qildi. U bahs davomida 10 ta yakkama-yakka kurashlarni yengdi, 9 marta raqibdan to‘pni olib qo‘yib, 4 bor omadli "podkat"ni amalga oshirdi. Shu sabab Gavi 8 ballga loyiq ko‘rildi.

Ilkay Gyundogan: 7/10

Mag‘lubiyatga qaramay, Gavi kabi e’tirofga loyiq futbolchilardan biri bu Gyundogandir. Arauxo Juniorni bir amalladi, Kristensen esa markazda yaxshi harakat qildi. Ammo Gyundogan hammadan ajralib turardi. Sobiq "shaharlik" o‘yin davomida gol urishdan tashqari 94 foiz uzatmalarni aniq ijro etgan.

Eng yomon

Ferran Torres: 5/10

"Barselona" "Real"ni yenga olmaganining asosiy sababi bu hujum chizig‘idagilarning yetarlicha yaxshi harakat qilmagani bilan bog‘liq. Ferran Torresni bu borada ayblasak bo‘ladi. U birorta vaziyat yaratmadi yoki undan foydalana olmadi. 23 yoshli hujumchi bir soat davomida raqib darvozasi tomon birorta zarba bera olmagani fakti ham hammasini aytib turibdi.

Joau Kanselu: 5/10

"Barselona"ning o‘zini ko‘rsata olmagan futbolchilari ichida Kanselu ham bor. Portugaliya terma jamoasi a’zosidan muxlislar ko‘p narsa kutgan edi. Ammo u o‘ziga berilgan vazifani to‘liq ado eta olmadi. Hujumni qo‘llab-quvvatlashda muammolarga duch kelgan Kanseluning o‘zining pozisiyasiga qaytgani ma’qulroq degan fikrlar yangramoqda va bu gapda jon bor.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 11:25, 29.10.2023.
O'qildi: 10629 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.