Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

«Buxoro» - «Paxtakor» o‘yinida ro‘y bergan mojaroli vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi (video)

«Buxoro» - «Paxtakor» o‘yinida ro‘y bergan mojaroli vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi (video)

Baho:
+ | -

Bugun 30-oktyabr kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi majlislar zalida hakamlar va OAV vakillari ishtirokida maxsus yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Majlisda Superliga bosh va yordamchi hakamlari, nazoratchilar hamda O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha maxsus inspeksiyasi vakillari ishtirok etishdi.

Majlis o‘ziga xos tanqidiy ruhda ochib berildi va O‘zFHM rahbari Laziz Qo‘chqorov o‘z nutqi davomida mamlakatimizda futbol rivojlanayotgani, shu bilan birgalikda, uning rivojlanishida hakamlik alohida o‘rin tutishi, bu borada hakamlardan har o‘yinga yuqori tayyorgarlik ko‘rib, muntazam ravishda ishiga nisbatan jiddiy yondashishi lozimligiga urg‘u berishdi. Shuningdek, O‘zbekiston Superligasining so‘nggi turlarida bir qator bahsli vaziyatlar yuzaga kelgani ta’kidlanib, OAV vakillarining ushbu vaziyatlar va hakamlik bo‘yicha bergan savollariga atroflicha javoblar berildi.

Shundan so‘ng, kecha 29-oktyabr kuni Superliga 23-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Buxoro» – «Paxtakor» bahsida yuz bergan hakamning xato qarori aks etgan videolar VAR kameralarida olingan tasvirlar orqali majlisga yig‘ilganlarga namoyish etildi.

Yig‘ilish so‘ngida mutaxassislar OAV vakillari, xususan, sharhlovchilardan sharh paytida hakamlik borasida noto‘g‘ri izoh berib qo‘ymaslik va imkon qadar auditoriyada hakamlar haqida salbiy xulosa uyg‘otib qo‘ymaslikka harakat qilishlari so‘raldi.

Manba: https://t.me/uzfhm
Kiritildi: 21:21, 30.10.2023.
O'qildi: 5485 marta.
Fikrlar: 69 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик