Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

"PSJ"ga qarshi o‘yindan oldin "Milan" tarkib borasida muammoga duch keldi

"PSJ"ga qarshi o‘yindan oldin "Milan" tarkib borasida muammoga duch keldi

Baho:
+ | -

"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli Chempionlar ligasining 4-turi oldidan kadrlar bilan bog‘liq muammolarga duch keldi.

Sky Sport nashri xabariga ko‘ra, "rossonerlar" himoyachilari Pyer Kalulu va Marko Pellegrino jiddiy jarohat olgan.

Fransiyalik futbolchi chap oyog‘ining son mushagini shikastlab oldi, buning uchun jarrohlik amaliyoti talab etiladi. Argentinalik futbolchining oyog‘ida suyak singan va uni konservativ usullar bilan davolashadi. Shu bilan birga, Kristian Pulishichning son qismidagi jarohati jiddiy emasligi, u “Udineze” bilan keyingi o‘yinda tiklanishi, shuningdek, Chempionlar ligasida o‘ynashi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Pulishich yozda "Milan" klubiga kelib qo‘shilgandi. 13 uchrashuvda u 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Milan" ayni damda 22 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. Chempionlar ligasida “rossonerlar” atigi ikki ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 21:30, 01.11.2023.
O'qildi: 1108 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.