Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

“Al-Hilol” peshqadamlik mavqesini mustahkamladi

“Al-Hilol” peshqadamlik mavqesini mustahkamladi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, “Navbahor” Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL)ning “D” guruhidan o‘rin olgan va ushbu guruhdan “pley-off”  bosqichiga chiqish uchun  “Al-Hilol” (Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni), “Nassajiy Mazandaran” (Kaemshahr, Eron) va “Mumbay Siti” (Mumbay, Hindiston) jamoalariga qarshi kurash olib bormoqda.

Sizlarni “lochinlar”ning OCHL guruhidagi raqiblari borasidagi ma’lumotlar bilan  tanishtirishda davom etamiz. Avvalgi maqolalarimizda “Nassaji Mazandaron”ning Eron Pro ligasidagi, “Mumbay Siti”ning Hindiston Superligasi natijalari haqida to‘xtalgandik. Bu safar esa “Al-Hilol” borasida ma’lumot bermoqchimiz.

Ar-Riyodliklar 3 noyabr kuni Saudiya Arabistoni Pro ligasining 12-turidan o‘rin olgan bahsni safarda Al-Hasa shahrining “Al-Fath” jamoasiga qarshi o‘tkazib, 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Gollarga uchrashuvning 5-daqiqasida mezbonlar darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirgan holda, “Al-Hilol”ning serbiyalik hujumchisi Aleksandar Mitrovich hamda bellashuvning asosiy vaqtiga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalar davom etayotgan paytda, ya’ni, 90+3 daqiqada mehmonlarning tajribali yarim himoyachisi Salim Ad-Dosariy mualliflik qilishdi.

Mazkur yutuqdan so‘ng, “Al-Hilol” 12 o‘yindan so‘ng, 10 ta yutuq, 2 ta durang, 32-8 to‘plar nisbatini qayd etgan holda, 32 ochko jamg‘arib, Saudiya Arabistoni Pro ligasidagi peshqadamlik mavqesini mustahkamlab oldi.  

Ikkinchi o‘rinda borayotgan “An-Nasr” hisobida esa 11 ta bahsdan so‘ng, 25 ochko mavjud.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 03:31, 05.11.2023.
O'qildi: 1470 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.