Kirish Ro'yxatdan o'tish

Aspas jazolanmaydigan bo‘ldi

Aspas jazolanmaydigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

Relevo xabariga ko‘ra, «Selta» hujumchisi Yago Aspas La Liganing 12-turida «Sevilya»ga qarshi o‘yinda (1:1) VAR monitorini yiqitgani uchun jazolanmaydi.

Manbaga ko‘ra, bu voqea o‘yin bosh hakami tomonidan protokolda qayd etilmagan va hakamlar texnik qo‘mitasi Aspasning harakatlari ustidan rasmiy shikoyat kiritmagan.

Eslatib o‘tamiz, 4 noyabr kuni «Selta» – «Sevilya» uchrashuvining 90+7-daqiqasida bosh hakam Alexandro Ernandes Ernandes «Sevilya» darvozasiga penalti belgiladi.

VAR bo‘yicha hakamning maslahatidan so‘ng, bosh hakam epizodning takrorini tomosha qildi va keyin penaltini bekor qildi.

Bu qaror Aspasga ma’qul kelmadi va u g‘azablangan holda VAR monitorini yerga uloqtirdi.

Kiritildi: 20:57, 08.11.2023.
O'qildi: 712 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик