«Al-Hilol» hujumchisi Neymarning sevgilisi Bruna Byankardi uni o‘g‘irlab ketishga bo‘lgan urinish tafsilotlarini aytib berdi.
«Oilamizni tong saharda talon-taroj qilishdi. Ota-onamni garovga oldilar, lekin men, Mavi va singlim hozir u yerda yashamaymiz.
Voqea sodir bo‘lgan paytda biz uyda bo‘lmaganmiz. Xudoga shukur, ota-onamda hammasi yaxshi», — deb yozdi Byankardi ijtimoiy tarmoqda.