Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf

O‘zFHM: Penalti yo‘q edi

O‘zFHM: Penalti yo‘q edi

Baho:
+ | -

Biroz avval o‘z nihoyasiga yetgan Superliga 19-turi doirasidagi “Buxoro” – “Olimpik” bahsining 100-daqiqasida “Buxoro” jarima maydonchasi ichida mehmonlar a’zosi yiqilgach, uchrashuv bosh hakami Komiljon Rasulov 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. Shundan so‘ng, uchrashuv VAR hakamlari uni monitor yoniga chaqirdi va takrorlarni ko‘rib chiqishga chorladi. Bosh hakam esa takrorlardan so‘ng ham qarorini o‘zgartirmagach, penalti baribir belgilandi.

Natijada, o‘yin taqdirini hal qilgan ushbu bahsli vaziyat bo‘yicha Ekspert-hakamlar komissiyasining favqulodda yig‘ilishi tashkil qilindi va mutaxassislarning umumiy xulosasi olindi. Quyida ushbu xulosa va qarorni e’tiboringizga havola etamiz.

Mazkur vaziyatda birinchi bo‘lib “Buxoro” himoyachisi to‘pga o‘ynagan. Ma’lumki, bu kabi holatlarda garchi raqib futbolchisiga nisbatan biroz qo‘pollik sodir etilsa ham, himoyalanayotgan jamoa a’zosi to‘pga o‘ynagan bo‘lsa, penalti belgilanmaydi. Shu qoidalarga asoslangan holda, ekspertlar bir ovozdan penaltining noto‘g‘ri belgilanganini qayd etishdi.

Mazkur vaziyat ishi O‘FA hakamlar qo‘mitasiga oshirildi va tez orada qo‘mita xulosasi ham taqdim etiladi. Shuningdek, bu holat O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasida ham ko‘rib chiqiladi.

Manba: Telegram.me/uzfhm
Kiritildi: 21:35, 10.11.2023.
O'qildi: 4196 marta.
Fikrlar: 106 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.