Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

«Inter» himoyachisiga Braziliya klublari qiziqish bildirmoqda

«Inter» himoyachisiga Braziliya klublari qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

«Inter»ning o‘ng qanot himoyachisi Xuan Kuadradoga Braziliya chempionati vakillari qiziqish bildirmoqda.

Kolumbiyalik futbolchi shu yozda «Yuventus»dan erkin agent sifatida «neradzurrilar» safiga ko‘chib o‘tgandi.

Jarohatlari tufayli 35 yoshli faxriy tez-tez maydonga tushmadi va mish-mishlarga ko‘ra, u tez orada klubni tark etishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Ko‘nurning so‘zlariga ko‘ra, hozircha nomi oshkor etilmagan Braziliyaning ikki klubi lateral uchun da’vogarlik qilmoqda.

Xuan Kuadrado joriy mavsum «Inter»ning to‘rtta o‘yinida qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining shartnomasi 2024 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan va uning transfer qiymati, Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 4 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 10:38, 11.11.2023.
O'qildi: 811 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик