Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

"Arsenal" Tomas Partining o‘rnini qanday to‘ldirishi mumkin? Mikel Artetada beshta variant bor

"Arsenal" Tomas Partining o‘rnini qanday to‘ldirishi mumkin? Mikel Artetada beshta variant bor

Baho:
+ | -

"Arsenal" yarim himoyadagi tanlovlarini yanada yaxshilash uchun yangi futbolchi sotib olishi kerak bo‘ladi. London klubi o‘zining muhim figuralaridan biri bo‘lgan Tomas Partidan yangi yilga qadar foydalana olmasligi ma’lum bo‘lgach, bu masala yanada jiddiylashdi. Parti 2020 yilda "Atletiko"dan 45 million funt evaziga xarid qilingan edi. Ammo ganalik futbolchi so‘nggi 3 yilning deyarli 1 yilini jarohatlar sababli maydondan tashqarida o‘tkazdi. Mana, hozir ham 30 yoshli yarim himoyachi uzoq muddat safga qayta olmaydi. Shu sababli, uni sotish kerak. Parti haftasiga 200 ming funt maosh oladi va bu klub moliyasiga ortiqcha yuk bo‘lishi mumkin. Hatto, Parti yanvar oyida qaytgan taqdirida ham, u Afrika Millatlar kubogida qatnashish uchun ketadi. Shunday ekan, yangi xarid juda zarur. Shunday paytda nomzodlar qidirish boshlab yuborilgan. Quyida ehtimoliy nishonlar nomi keltiriladi.

Duglas Luis – "Aston Villa"

Luis anchadan beri kuzatib kelinadi. Biroq, "Aston Villa"ning o‘zi ham uni sotishni istamaydi. Arteta baribir taklif bilan chiqishi mumkin. Fabrisio Romano Duglas Luisni eng katta nishon sifatida ko‘rilishini bildirgan. 25 yoshli futbolchi bu mavsumda 11 ta turda 5 ta gol va 1 ta assist qayd etgandi.

Martin Subimendi – "Real Sosyedad"

Subimendi o‘tgan mavsumdayoq to‘pchilar nazariga tushgandi. U o‘tgan yozda ham transferlar ro‘yxatida bo‘lgan. 24 yoshli yarim himoyachi o‘z jamoasi bilan 2027 yilga qadar mo‘ljallangan bitimga ega. Subimendining tovon puli 52 million funtga teng. "Arsenal" qishda uni faollashtirilishi mumkin.

Kalvin Fillips – "Manchester Siti"

27 yoshli futbolchi Yevro-2024 da o‘ynashni istasa, doimiy o‘yin vaqtida ega bo‘lishi kerak. Buni Fillips yaxshi tushunadi. Gvardiola unga imkoniyat bermasligi aniq bo‘lib ulgurgan. Sobiq "Lids" yulduzi qishda jamoasidan aniq ketadi. Unga da’vogarlar ko‘p bo‘ladi. Qayerda bo‘lsa ham, doimiy o‘yin vaqtiga ega bo‘lish, Fillips uchun muhim sanaladi.

Ruben Nevesh – "Al-Hilol"

APL klublari bir egaga tegishli bo‘lgan klublar o‘rtasida futbolchi almashinuviga qarshi ovoz berishdi. Agarda bu qonun kuchga kirsa, "Nyukasl"ga qiyin bo‘ladi. Negaki, "qarg‘alar" "Al-Hilol"dan Neveshni ijaraga olmoqchi edi. Bu ikki jamoa Saudiya jamoat fondi vasiyligi ostidadir. Bu narsa ayni paytda "Arsenal"ga qo‘l keladi. Qishda Neveshni 47 million funtga sotib olish mumkin bo‘ladi. Portugaliyalik futbolchi APL tajribasiga ega.

Orelyen Tchuameni – "Real"

"Vest Xem"dan Deklan Raysning olib kelinishi "Arsenal"ga yetarli emas. Artetaga yana bir maydon markazi vakili kerak. Shu maqsadda Tchuameni varianti ko‘rib chiqilmoqda. Fransiya terma jamoasi a’zosi 2022 yilda "Monako"dan 85 million funt evaziga olib kelingan. Bu mavsumda Tchuameni doimiy asosiy tarkibga kira boshlagandi. Ammo yaqinda olingan jarohat jiddiy bo‘lib chiqdi. Uning chap oyog‘i suyagida yoriq aniqlandi. Shu sababli 23 yoshli yarim himoyachi yangi yilga qadar maydonga tushmaydi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:49, 11.11.2023.
O'qildi: 2091 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.