Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Qosimov, Boakye va G‘iyosov - OKMK a’zolari final oldidan nimalar deyishdi

Qosimov, Boakye va G‘iyosov - OKMK a’zolari final oldidan nimalar deyishdi

Baho:
+ | -

Ertaga, 12 noyabr kuni O‘zbekiston kubogi finali doirasida "Nasaf" – OKMK uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs oldidan olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov, shuningdek, vinger Xurshid G‘iyosov va hujumchi Martin Boakye o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Mirjalol Qosimov: "Final bahsi bir o‘yindan iborat bo‘lgani uchun bundan faqat muxlislar yutadi. Bashorat qilishni yoqtirmayman, lekin har doim bo‘lgani kabi g‘alabani maqsad qilib maydonga chiqamiz. Negaki, g‘olib nafaqat kubokni qo‘lga kiritadi, balki xalqaro maydonga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani ham naqd qiladi.

Futbol shashka yoki shaxmat emas, jarohatlar doim yonma-yon yuradi. O‘ziga xos yo‘qotishlarimiz bor, lekin maydonda bildirmaslikka harakat qilamiz. Chempionlar ligasidagi mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘rayman. Bu ham bir sinov. Ichki muhitda muammolar yo‘q.

Har ikki jamoa bir-birini yaxshi biladi. Uchrashuv avvalida ochiq futbol ko‘rmasak kerak. Chunki bitta xato qimmatga tushishi mumkin.

Final uchun va’da qilingan mukofot puli haqidagi savolga shunday javob berishim mumkin. Agar maqsadimizga erishsak, mukofotning bir qismini ehson qilishga kelishib olganmiz".

Martin BoakYE: "Bizni muhim uchrashuv kutib turibdi. Bu men uchun O‘zbekiston kubogi doirasidagi dastlabki final. Bunday o‘yinlarda qatnashish har bir futbolchining orzusi. Ertaga maydonda haqiqiy jang bo‘ladi. Kim gol urishi muhim emas. Asosiysi, jamoa yaxshi harakatlansa va g‘alaba qozonsak bo‘lgani".

Xurshid G‘iyosov: "Finalga tayyorgarlik jarayoni yaxshi tarzda o‘tdi. Chempionlar ligasidagi mag‘lubiyat tarixda qoldi. Oldimizda kubokning hal qiluvchi bahsi kutyapti. Bunday o‘yinlarda ishtiyoq juda kuchli bo‘ladi. Faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz".

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 17:27, 11.11.2023.
O'qildi: 1899 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.