Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

"Liverpul" Xabi Alonso bilan sotib olgan 4 futbolchi: ularning taqdiri ne kechgandi?

"Liverpul" Xabi Alonso bilan sotib olgan 4 futbolchi: ularning taqdiri ne kechgandi?

Baho:
+ | -

2004 yilning yozi "Liverpul"ni jamoa sifatida eng ko‘p o‘zgartirgan davr bo‘ldi. Rafael Benites yangi murabbiy sifatida olib kelinadi. U beshta futbolchini sotib oladi. Ular ichida yosh va talantli Xabi Alonso ham bor edi. U "Real Sosyedad"da porlaydi. Alonso o‘sha afsonaviy Istanbul finalida muhim o‘rin tutgandi. Keyinchalik ham yarim himoyachi "Liverpul"ni APL chempionligi uchun kurashadigan klubga aylantirishda beqiyos xizmat qiladi. Ha, Xabi Alonsoning eng yorqin davrlari asosan Ispaniyada, "Real" safida kechadi. Shunga qaramay, "Bayer Leverkuzen" ustozining "Liverpul"dagi davri uning keyingi muvaffaqiyatlarida muhim rol o‘ynagan. Xo‘sh, 2004 yili mersisaydliklar Xabi Alonsodan tashqari yana kimlarni sotib olgandi va ularning taqdiri ne kechdi? Bu savolga quyida javob topasiz.

Jibril Sisse

"Liverpul"ning beshta xaridi ichida eng kattasi bu Sisse edi. 22 yoshli hujumchi o‘shanda Fransiyadan katta qahramon sifatida olib kelingan. 2003/04 yilgi mavsumni Sisse 26 ta gol bilan yakunlaydi. Afsuski, futbolchining Angliyadagi davri omadli kechmadi. Dahshatli jarohatlar Sissega o‘ynash imkoniyatini bermasdi. Birinchi mavsum u uchun 16 ta o‘yinda 4 tagina gol bilan yakunlanadi.

Xosemi

Benitesning "Liverpul"dagi ilk xaridi aynan Xosemi edi. U Ispaniyaning "Malaga" klubidan olib kelinadi. Bundan oldin markaziy himoyachi uch mavsum La-ligada fantastik darajaga chiqqandi. Afsuski, u "Liverpul"dagi dastlabki o‘yinida qizil kartochka oladi. Oqibatda, u asosiy tarkibdan tushib qoladi. 2005/06 yilgi mavsum o‘rtasida Xosemi "Vilyarreal"ga yo‘l oladi. Uni YECHL finaligacha bo‘lgan bahslardagi o‘yinlari bilan eslab qolganmiz.

Antonio Nunyes

Nunyes "Real"ning Galaktikos tarkibidan olib kelingan edi. Ha, u ham "Liverpul"ning Istanbul finalida ishtirok etgan. Ammo yarim himoyachi tizzasidagi jarohati sababli yuksala olmaydi. Nunyesning o‘zi bu haqida shunday deydi: "Yangi klubda siz maydonda o‘zingizdan yaxshiroq taassurot qoldirishga harakat qilasiz. Men ham shunday qilishga urindim. Ammo jarohatim bunga yo‘l bermadi. Tizzamdan jarrohlik amaliyoti o‘taganimdan keyin, avvalgidek harakat qila olmay qoldim".

Luis Garsiya

Garsiya Benitesning to‘rtta ispan vatandoshlaridan biri edi. U Xabi Alonso bilan bir kunda sotib olingan. Hujumchi "Liverpul"dagi birinchi mavsumida 13 ta gol urgan. Keyingi ikki mavsum davomida esa 17 ta golga mualliflik qildi. 2007 yilda Garsiya yana "Atletiko"ga qaytib ketadi. Uni biz o‘sha, "Liverpul"ni Istanbul finaliga olib chiqqan "arvoh gol"i bilan eslaymiz.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 13:01, 12.11.2023.
O'qildi: 2991 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.