Amerika futbol federasiyasi seshanba kuni Emma Xeyzni AQSH ayollar terma jamoasiga murabbiy etib tayinlaganini e’lon qildi. 47 yoshli angliyalik mutaxassis "Chelsi" bilan 2023/24 yilgi mavsumni yakunlaganidan so‘ng jamoani boshqaradi.
U 2024 yilgi Olimpiada boshlanishiga ikki oy qolganda Amerika jamoasiga qo‘shiladi. Parij o‘yinlari oldidan amerikalik ayollar Xeyz qo‘l ostida to‘rtta o‘yin o‘tkazishadi: ikkitasi iyunda va ikkitasi iyulda.
Hozirda AQSH terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi bo‘lib ishlayotgan Tvila Kilgor o‘z ishini bajarishda davom ettiradi va keyin Xeyzning yordamchisiga aylanadi.