Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Skaloni: "Urugvayga qarshi o‘yinda yo‘limizni topolmadik"

Skaloni: "Urugvayga qarshi o‘yinda yo‘limizni topolmadik"

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni JCH-2026 saralash o‘yinida Urugvay terma jamoasidan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi.

"Biz yo‘limizni topolmadik. Ular, shubhasiz, g‘alabaga haqli edilar. Ikkinchi bo‘limda o‘zgartirishlardan foydalanib, o‘zimizni yaxshilashga harakat qildik. G‘alabali seriyamizga qaramay, futbolda mag‘lub bo‘lish mumkinligini tushunamiz. Biz xafamiz, chunki biz uyda o‘ynaganimizda hamisha odamlarni xursand qilishni xohlaymiz.

Hech birimiz mag‘lub bo‘lishni yoqtirmaymiz, lekin biz sahifani varaqlashimiz, keyingi voqealar haqida o‘ylashimiz va uni tuzatishimiz kerak. Biz jahon chempioni bo‘lganimiz uchun hech qachon yutqazmaymiz deb o‘ylay olmaymiz. Siz barcha muvaffaqiyatsizliklardan o‘rganasiz. Biz takrorlanishning oldini olishga harakat qilamiz", - dedi Skaloni Argentina terma jamoasi matbuot xizmatiga.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi o‘z maydonida Urugvay terma jamoasini qabul qilgan futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichining 5-tur uchrashuvi yakuniga yetdi. Uchrashuv Buenos-Ayresdagi “Bombonera” stadionida bo‘lib o‘tdi va mehmonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Kiritildi: 10:08, 17.11.2023.
O'qildi: 1282 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик