Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekiston U-17 a’zolariga RPL klublari ko‘z tikmoqda

O‘zbekiston U-17 a’zolariga RPL klublari ko‘z tikmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Indoneziyadagi U-17 Jahon chempionati yakunlanib ulgurmasidan, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchilariga Rossiya jamoalaridan qiziqish bo‘layotgani haqida xabar paydo bo‘ldi.

Rossiya chempionati, shubhasiz, yoshlarimizning o‘sishi uchun yaxshi muhit hisoblanadi. Ammo tanganing ikkinchi tomoni bu - Rossiya futbolining hanuz Yevropa futbolidan izolyasiyada qolayotganidir. Rossiya Premyer ligasidan Yevropaning TOP-5 chempionatlariga yo‘l olish vaqt o‘tgan sari murakkablashib bormoqda.

Zaxaryanning "Real Sosyedad"ga, Kuzyayevning "Gavr"ga va Sazonovning "Torino"ga transferlaridan xulosa qiladigan bo‘lsak, Ispaniya, Fransiya va Italiya chempionatlariga Rossiyadan transfer oqimi butunlay to‘xtamagan. Ammo Angliya va Germaniya klublari Rossiya bilan oldi-berdi qilishni qat’iy ravishda rad etishmoqda.

Kelajakda TOP-5 chempionatlaridan biriga o‘tish uchun asosiy umidlarimizdan biri - Abbos Fayzullayevning jamoasi "SSKA"ning - "armiya klubi" ekanligi ham yevropalik xaridorlarni qochirishi mumkin.

Shu sababdan, yosh futbolchilarimiz Rossiya chempionatiga o‘tishdan oldin, yuqoridagi faktorlarni ham inobatga olishadi deb umid qilamiz.

Manba: @SamvelKarlenich
Kiritildi: 10:51, 24.11.2023.
O'qildi: 5005 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.