Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

APLning 2023 yilgi jadvali: yangi klub yetakchilar safida, "Chelsi" esa xavfli hududga yaqin turibdi

APLning 2023 yilgi jadvali: yangi klub yetakchilar safida, "Chelsi" esa xavfli hududga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining eng qaynoq davriga ham yetib kelyapmiz. Oldimizda bizni boxing day kunlari kutib turibdi. Yil oxirlayotganidan foydalangan holda, APLning 2023 yilgi kalendar jadvalini tuzib chiqdik. Unda "Aston Villa" xuddi hozirgidek kuchli to‘rttalikda turganini ko‘rish mumkin. "Chelsi" esa xavfli zonaga juda yaqin joylashgan. 2023 yil avvalida katta pul evaziga "Chelsi" Enso Fernandes va Mixail Mudrikni sotib olgan edi. Ammo mavsum oxirida bu jamoa o‘z tarixidagi eng yomon finishlaridan birini qayd etdi. "Chelsi" 2023 yilgi mavsumlarda faqat 8 ta g‘alaba qayd etdi. Jamoani esa 4 xil murabbiy boshqardi. Buning oqibatida o‘tgan mavsum 12 o‘rinda tugadi. Bunisida esa londonliklar 10 pog‘onada turibdi.

Oxirgi marta "Chelsi" 1995-96 yilgi mavsumda yuqori o‘ntalikdan pastda qolgandi. 1993-94 yilda esa bu jamoa mavsumda 14 o‘rinda yakunlaydi. Hozir ham "Chelsi"ning bitmas azoblari davom etmoqda. 2023 yilgi kalendar jadvalida klub 15 o‘rindan joy olib turibdi. Pochettino jamoasi 36 ta o‘yinda 36 ochko yig‘a olgan xolos. Masalan, "Nottingem Forest" va "Kristal Pelas" "aristokratlar"dan yaxshiroq pog‘onada turibdi. Ular 35 ta bahsda 38 ochko to‘plashga erishgan.

Kalendar jadvalda kuchli to‘rtlik o‘tgan mavsum oxiridagi ko‘rinishdan boshqacharoq tus oldi. Xususan, yetakchi 82 ochko to‘plagan "Manchester Siti" bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi o‘rinda
71 ochko bilan "Arsenal" va "Aston Villa" joylashgan. "Liverpul" esa to‘rtinchi pog‘onada 67 ochko to‘plagan holda turibdi. O‘tgan mavsumda kuchli to‘rtlikda bo‘lgan jamoalar "MYU" va "Nyukasl" beshinchi va oltinchi o‘ringa tushib qolganini ko‘rish mumkin. Ularning o‘rnini egallagan Unai Emeri jamoasi joriy mavsumni ajoyib boshladi. Bu klub 9 ta g‘alaba qayd etib, o‘z uyida mag‘lubiyatga uchramadi. "Liverpul" esa "MYU" bilan bir xil ochkolar yig‘imiga ega. Garchand bu mavsumda ancha qiynalayotgan bo‘lsa ham, Erik ten Xag jamoasi "Nyukasl"dan 7 ochko odimlab keta oldi.

Angelos Postekoglu boshchilik qilayotgan "Tottenxem" bu yilgi natijasiga ko‘ra 8 o‘rindan joy oldi. Jadval oxiridan oltita jamoa ham joy olgan. Ammo ular mavsumlar oralig‘idan kelgan va ketgan klublar sanaladi. Shu sababli ham ularda ochko ancha kam. "Chelsi"dan keyin "Everton" va "Bornmut" bor. Ammo ular Pochettino jamoasidan atigi 1 ochko kam to‘plagan xolos. Ushbu jadval hali bir oy davomida yana o‘zgaradi. Yil oxirrog‘ida kalendar jadvalini qaytadan taqdim etamiz.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 10:49, 28.11.2023.
O'qildi: 2061 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.