"As-Sadd" jamoasi Eron terma jamoasi va "Sepahon" klubi futbolchisi Muhammadjavod Hossaynnajot uchun 8 mln. yevro taklif etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, umumiy summadan 3,5 mln. yevro "Sepahon" hisobiga o‘tkazib berilsa, qolgan 4,5 mln. yevro 20 yoshli futbolchining yillik maoshi sifatida to‘lanadi.