Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Lionel Messi bilan munosabatlari haqida gapirdi.
Oldinroq matbuotda Skaloni va Messi o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi - murabbiy Braziliyaga qarshi o‘yin oldidan tribunadagi notinchliklar tufayli futbolchi jamoani maydondan tashqariga olib chiqqanida u bilan maslahatlashmaganidan norozi bo‘lgandi.
"Men Messi bilan Braziliya o‘yinidan keyin gaplashdim. U jamoa sardori, men u bilan a’lo darajada munosabatdaman", - dedi Skaloni Goal bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi o‘tgan yili jahon chempioni bo‘lgandi.