Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Arteta jazodan qutulib qoldi

Arteta jazodan qutulib qoldi

Baho:
+ | -

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Premyer-ligasining 11-turidan o‘rin olgan "Nyukasl"ga (1:0) qarshi o‘yindan so‘ng hakamlarga nisbatan tanqidiy bayonotlari uchun jazolanmaydi. Bu haqda Angliya futbol assosiasiyasi qaroriga asoslanib, "Arsenal" rasmiy sayti xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, mustaqil tartibga solish komissiyasi Mikel Artetaga qo‘yilgan qoidalarni buzganlikda ayblovni isbotlanmagan deb topdi. Eslatib o‘tamiz, dekabr oyi boshida Arteta Angliya futbol assosiasiyasi vakillari bilan uchrashib, "Nyukasl" bilan o‘yinni boshqarayotgan hakamlarga aytgan so‘zlarini muhokama qilgani haqida xabar berilgandi. Angliya futbol ma’murlari ispaniyalik mutaxassisga E3.1 qoidasini buzganlikda (o‘yin rasmiylarini haqorat qilish va o‘yin obro‘siga putur yetkazish) ayblov qo‘yilgandi.

"Arsenal" joriy mavsum Angliya Premyer-ligasining 16-turidan so‘ng 36 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Liverpul” peshqadam (37 ochko).

Kiritildi: 11:35, 15.12.2023.
O'qildi: 1594 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик