Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Mavsum-2023 yakunlari: "Navbahor"ning gollariga kimlar mualliflik qilishdi?

Mavsum-2023 yakunlari: "Navbahor"ning gollariga kimlar mualliflik qilishdi?

Baho:
+ | -

"Navbahor" futbol klubi matbuot xizmati yakunlangan mavsumga oid statistik ma’lumotlari bilan tanishtirishda davom etadi.

O‘zingizga ma’lum, "lochinlar" Superliga – 2023da bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Albatta, jamoaning bunday ijobiy natijaga erishishi ortida klub rahbariyati, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilarning ulkan mehnatlari samarasi yotibdi.

Ma’lumki, g‘alaba qozonishda gollarning o‘rni beqiyos. Xo‘sh, “Navbahor”ning yakunlangan mavsumdagi gollariga kimlar mualliflik qilishdi?

Xabaringiz bor, Samvel Babayan shogirdlari Superliga – 2023da raqiblar darvozasiga 44 ta gol urishdi. Ushbu gollarga esa 16 nafar futbolchi mualliflik qildi.

Jamoaning to‘purarlar ro‘yxatini mahoratli yarim himoyachi Oston O‘runov 9 ta gol bilan boshqarib turibdi.

Keyingi o‘rinni esa 4 tadan gol urgan holda, 3 nafar futbolchi - Jamshid Boltaboyev, Jasurbek Yaxshiboyev hamda Jamshid Iskanderovlar egallab turishibdi.

Kezi kelganida ta’kidlash joizki, yakunlangan mavsumda hujumchilarga yordamga yetib kelgan “lochinlar” himoyachilari ham raqiblar darvozalarini ishg‘ol etishdi.

Jumladan, Milosh Milovich 3 ta, Igor Golban 2 ta, Shahboz Jo‘rabekov, Ibrohim Yo‘ldoshev va Filip Ivanovichlar esa o‘z hisoblariga 1 tadan gol yozdirib qo‘ygan holda, jamoamizning g‘alabalariga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishdi.

Mavsum-2023da “Navbahor”ning gollariga mualliflik qilgan futbolchilarning to‘liq ro‘yxati esa quyidagicha ko‘rinishga ega:

1.Oston O‘runov – 9 ta;

2.Jamshid Boltaboyev, Jasurbek Yaxshiboyev, Jamshid Iskanderov - 4 tadan;

3.Temurxo‘ja Abduxoliqov, Milosh Milovich, Yovan Jokich, Toma Tabatadze – 3 tadan;

4.Igor Golban, Abrorbek Ismoilov, Asadbek Sobirjonov – 2 tadan;

5.SHohruz Norxonov, Shahboz Jo‘rabekov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Filip Ivanovich, Doniyor Abdumannopov – 1 tadan.

Kiritildi: 18:05, 16.12.2023.
O'qildi: 1078 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.